ménage a
trois
[192]
hozirgacha g‘ayriaxloqiy deb qaraladi. Bu viktorian etikasining so‘nggi
sarqitimi? Aslida, zamonaviy G'arb qonunchiligi uchun
ménage a trois
juda maqbul
holdir, negaki, uning a'zolari «gunoh» bilan yashab, nikoh qurishni xayollariga ham
keltirmaydi. Bunday vaziyatning bema'niligi izoh ham talab etmaydi.
Shariatning ushbu mavzumizga yorqin misol tariqasida eslashimiz mumkin bo‘lgan,
musulmon jamiyatlari mutlaqo esidan chiqarib yubormagan boshqa jihatlari ham bor.
Qonun joriy etuvchi egam ikkala jins mansub olamlar yo‘llarining o‘zaro kesishuvini
ba'zan ayollar, ba'zan esa erkaklar huquqlari sifatida belgilab qo‘ygan; haqiqiy
musulmon jamiyatlari aksariyat hollarda ilgarigi xususiyatlarga e'tibor bermaydi.
Ko‘pincha huquqshunoslar matnlarni turlicha talqin qiladi. Masalan, kundalik uy ishlari
ichki do‘stona munosabatlarning bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi, ammo bu holni faqat
ayollar makoniga xos deyish qiyin, chunki bular ayrim
mazhab
lar, jumladan, shofiiya
mazhabi tomonidan ayoldan ko‘ra erkakning vazifasi deb qaraladi. Oyishadan
Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, ul zot uyda salotdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan
mashg‘ul bo‘lar edi, deb so‘ralganida, u: «Ul zot oilasiga xizmat qilar edi: uyni supirar va
kiyimlarni tikar edi», deb javob bergan
[193]
. Shofiiya mazhabi faqihlari shunga
asoslanib, ayollarning uy ishlarini bajarmasliklariga oid huquqini himoya qiladi. Masalan,
14-asrda yashab o‘tgan suriyalik faqih Ibn an-Naqib: "Ayolning vazifasiga non yopish,
un tortish, ovqat pishirish, yuvish yoki boshqa ishlarni bajarib eriga xizmat qilish
kirmaydi, chunki nikoh shartnomasiga ko‘ra, u eriga faqat o‘zining jinsiy ehtiyojini
qondirish uchun ruxsat berishi qayd etilgan, uning boshqa qiladigan majburiyati
yo‘q"
[194]
, deb aytadi.
Buning ziddi o‘larak, hanafiya
mazhab
ida bu ishlar xotin kishining zimmasida deb
hisoblanadi
[195]
. Islom fiqhini umumlashtirishni mushkullashtiradigan yana bir eslatma
shuldirkim, u qoidalar va yondashuvlarning turli-tuman ko‘rinishlaridan iborat. Bu yerda
batafsil to‘xtalib o‘tishga imkon bo‘lmagan yana bir soha bor. U bolalarni vasiylikka olish
to‘g‘risidagi qonundir: hanafiylar o‘g‘il bola 7 yoshga kirganidan so‘ng otasi bilan birga
yashash uchun onasining oldidan ketishini afzal biladi; qizlar esa birinchi hayz
ko‘rgunlariga qadar onasi bilan qoladi. Molikiylarda esa o‘g‘il bola balog‘atga yetgunga -
ihtilom
ga qadar, qiz bola esa turmushga chiqquncha onasi bilan qoladi.
Shu tariqa islomning jinsga oid ilohiyotshunosligi chigalliklar va munosabatlar to‘riga
qarshi kurashga kirishadi, bu hol o‘z navbatida turli-tuman fiqhiy aqidalar, mintaqaviy
aralash-quralashliklar, shuningdek, fizik aralash-quralashliklardan kam bo‘lmagan
metafizik aralash-quralashliklardan boxabar bo‘lishni talab etadi. Bu mushkulot
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |