XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
Binobarin, islom madaniyatini tadqiq qilayotgan antropologlar doimo murakkab va ikkiga
bo‘lingan ierarxiya xususida ma'lumot beradi. Unga ko‘ra, xotinlar erlari, erlar esa
onalari oldida burchlidir. Modernizm ushbu aloqalarning dastlabkisini keskin tarzda,
keyingisini esa parishonxotirlik bilan zaiflashtirib qo‘ymoqda; oqibatda biryoqlama va
yoshi o‘tib qolganlarni e'tiborga olmaydigan yangi bir ierarxiya vujudga keldi, bu
ierarxiya yoshlarni keksalardan ustun qo‘yadi, u bir zamonlar jamoaning faxri bo‘lgan va
uning xotirasida muhrlanib qolgan keksalarni kamsitishning turli shakllarini nazarda
tutadi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlar ayollar va erkaklar o‘limi o‘rtasidagi tafovutni
unchalik kamaytirmasdan turib ham o‘rtacha umrni uzaytirish imkonini bergani uchun
zamonaviy jamiyatlar miqdori tobora ortib borayotgan ayollarni rejimli, ammo ibodat
qilish imkoni yo‘q ayollar monastirlariga g‘ayriixtiyoriy uzlatga jo‘natmoqda. "Chikago
tribyun" gazetasining 1998 yilgi sonlaridan birida yozilishicha, Amerikadagi keksa
kishilar yashaydigan uylarning 60 foiziga biror marta ham mehmon kelmas ekan.
Bunday muassasalardagi jinslar nisbati umumiy hisobga to‘g‘ri ekaniga e'tibor qilsak,
ular orasida ayollar miqdori ko‘proqligi ma'lum bo‘ladi. Binobarin, taqdir hazilini
ko‘ringki, G'arbda yosh va o‘rta yoshdagi ayollar kengroq imkoniyatga ega-yu (ayni
paytda diniy imkoniyatni hisobga olmaganda), ammo ularning barchasi pirovardida
yolg‘izlik uzlatidan qo‘rqadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, islom g‘oyasi aslida ham, salohiyat nuqtai nazaridan ham
ko‘povozli ekani kunday ravshan, deb o‘ylayman. Ishonamanki, ushbu g‘oyaning a'zosi
bo‘lishni istagan ayollar undan o‘ziga yashash uchun qadr-qimmat va va hurmat uchun
zamonaviy talablarni tasdiqlaydigan makon topa biladi. Bunday loyiha so‘nggi modern va
postmodern sharoitlarda hozirgidan ko‘ra realroq ko‘rinadi. Shu o‘rinda Marta
Nussbaumdan iqtibos keltirsam:
Ingliz-Amerika axloq falsafasi universallikka asoslangan Ma'rifat davri ideallaridan an'ana
va xususiylikka asoslangan axloqqa; printsiplarga asoslangan axloqdan qadr-qimmatga
asoslangan axloqqa; sistemali nazariy oqlov holatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan
axloqdan nazariyaga shubha bilan qarovchi va mahalliy donishmandlikka hurmat bilan
qarovchi axloqqa; tashqi dunyodan uzilib qolgan shaxsga asoslangan axloqdan
boshqalarga qo‘shilish va g‘amxo‘rlikni yoqlaydigan axloqqa; tarixga daxlsiz axloqdan
muayyanlik va tarixiy axloqqa yuz burmoqda
[199]
.
Musulmon feministlarining, Qur'on ayollarga nafrat bilan qaramaydi
[200]
, deb bilishini
tasdiqlaydigan Nussbaum, madaniyatdan voz kechish tufayli begonalashuv oqibatida
orttirilgan jarohat qayta tiklanishiga hali ancha bo‘lgan biror madaniyatga a'zolik tufayli
yetadigan zarardan ko‘ra og‘irroqdir, deganida haq edi. Islomning jinsga oid diskursini
qayta tasavvur qilish loyihasi o‘zining anaxronik
[201]
aks sadosiga qarama-qarshi
o‘laroq, aynan shu sababga ko‘ra, tobora jozibador bo‘lib borsa ajab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: