XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
G'arbdagi musulmon diasporasi jamoalari orasida Internet hammaga ma'lum mahalliy
jamoalar qadriyatlariga moslashib ketish jarayonini sustlashtirib qo‘ymoqda. Vebsaytlar
Amerika va Avstraliyaning uzoq hududlarida o‘z madaniyatidan
uzilib qolgan holda
yashayotgan musulmonlarga kitoblar va tasbehlarga buyurtma berish, bo‘lg‘usi
qayliqlarining turarjoyini aniqlash, real vaqtdagi audio bog‘lanuv orqali amri ma'ruflarni
tinglash, elektron pochta orqali o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarni boshqa
son-sanoqsiz musulmonlar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bir paytlar
madaniyatlarning tarqalishida doimiy omil bo‘lgan jug‘rofiyadan bunday yalpi voz
kechish boshqa joydan ko‘chib kelgan yoki boshqa kichik guruhlarning assimilyatsiyasiga
oid odatiy sotsiologik nazariyalarni jiddiy savollar domiga tashlaydi.
Ushbu hodisaning
miqyosi juda kengdir: Shimoliy Amerika Islom jamiyatining vebsayti
(
www.islamicity.org
) 1999 yilning fevraliga qadar 2 millionga yaqin "hitlar"ni yozib oldi,
vebsayt ijodkorlarining maqsadi 21-asrning ikkinchi o‘n yilligiga qadar bir milliard "hit"ni
yozib olishdir.
Aynan shu masofani bekor qilish bir dindan boshqasiga o‘tish jarayoniga katta ta'sir
ko‘rsatmoqda. Aydaho shtatida istiqomat qiluvchi fermer xristianlikdan boshqa dinlarga
oid bilim borasida o‘z okrugi kutubxonasi zaxirasi bilan cheklanib qolmaydi. U bir oz
"serfing"
[234]
qilishi, biror din himoyachisi bilan hech bir to‘siqsiz va bemalol muloqoti
natijasi o‘laroq, nomini ma'lum qilmay kompyuterga kiritilgan Qur'on
va hadislar bilan
tanishishi, xristianlikka qarshi muhokamalarga bag‘ishlangan adabiyotni o‘qishi va
aksariyat musulmon adabiyotlarida aks ettirilganiday, sabr-toqatli bo‘lib, dinning aniq
suratini hafsala bilan chizishi mumkin.
Yangi hodisa: Internet orqali islomni qabul qilgan kishi yoki "
kiberkonvert
" ro‘y berdi.
Musulmonlar asos solgan ko‘plab islomiy vebsaytlar ana shu kishini kerakli narsalar bilan
ta'minlab beradi. Masalan, Belfastdagi Islom markazi vebsayti
[235]
da yangi
musulmonlar qanday qilib ibodat qilishi mumkinligi xususidagi yo‘l-yo‘riqlarni
topish
mumkin. "Nomusulmon sahifasi"da "mavjud qotib qolgan tushunchalar fosh qilinadi" va
islom haqida ko‘proq bilishni istagan dinga moyil vebsayt shinavandalariga telefon orqali
bepul ulanish taklif etiladi
[236]
. Britaniyadagi bir saytda g‘urur tuyg‘usi bilan to‘lib-
toshgan mana bunday mazmundagi videotasvirlarni ko‘rish mumkin: "Biz turli din va
ijtimoiy tabaqaga mansub bo‘lgan erkak va ayollarni islomga o‘tkazdik"
[237]
.
Amerikada Internetda islom targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh bo‘lib, u o‘zini
"islomni veb-sahifalar, elektron pochta,
Internet orqali suhbatlar, xat-xabarlar taxtasi va
yangiliklar guruhlari orqali yoyishni ko‘zlagan musulmonlar jamoasi deb ataydi[...]
Musulmonlar islomni kibernetika dunyosida kengroq yoyish uchun faolroq bo‘lishlari
kerak"
[238]
. Yana bir aksilxristian saytida amerikalik yevangelist Jimmi Sveggart bilan
munozara qilayotgan musulmon aks ettirilgan videotasvir ham bor
[239]
. Boshqa bir
saytda esa Internetdan foydalanuvchilar e'tiboriga islomni qabul qilgan Yuniet
[240]
katolik yepiskopining Tavrot haqida yozgan
kitobi matni havola etiladi
[241]
.
Braziliyadagi bir saytda esa portugal tilida xuddi shunga o‘xshash material mavjud
[242]
.
Edmonton islom resurslari sahifasida tanlangan "dinga o‘tish" masalalari muhokama
qilinadi va "Iso tavalludi bayram qilinishiga qarshi islomiy muqobil tadbir" xususida
maslahat beradi"
[243]
. Yevropa mamlakatlariga ko‘chib borgan musulmon guruhlari
yuritayotgan ushbu saytlarga qo‘shimcha ravishda islomni qabul qilgan boshqa din
vakillarining o‘zlari ochgan vebsaytlar ham bor. Ulardan ba'zilari o‘z-o‘zini
kuzatish
xarakteriga ega, ularda sof missionerlik yo‘nalishi yetishmaydi. Masalan, Britaniyadagi
"Murabitun
[244]
dunyo harakati" tashkiloti yuritayotgan 6 ta sayt unga a'zo guruhlar