www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
qolmaydi. Qur'onda bu hol yahudiy bo‘lmagan payg‘ambarlarning namunali hayotini
esga olish orqali isbotlab beriladi
[301]
. Unda ta'kid etiladiki, «har bir qavm uchun (Alloh
yo‘liga) yetaklovchi - hidoyat qilguvchi bordir" ("Ra'd" surasi, 7-oyat) va "har bir ummat
ichida ham albatta bir ogohlantiruvchi - payg‘ambar o‘tgandir"("Fotir" surasi, 24-oyat),
yoki shunga o‘xshash "Aniqki, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va
shaytondan yiroq bo‘linglar", degan vahiy bilan bir payg‘ambar yuborganmiz" ("Nahl"
surasi, 36-oyat). Hatto hadisda ham Allohning payg‘ambarlari soni aniq keltiriladi, ya'ni
Odam Atodan Muhammadga qadar bir yuz yigirma to‘rt mingdan kam bo‘lmagan
payg‘ambar o‘tgan
[302]
, deyiladi.
Insonlarning gunohlardan forig‘ bo‘lishiga oid ekspansiv
[303]
ilohiy strategiyani bunday
anglash yoki yanayam aniqroq qilib aytganda, dunyoning ibtidosi gunohdir, degan
ko‘zqarashdan yiroq va unga fojia tusini bermaydigan Qur'on soteriologiyasining o‘sha
gunoh deb atalayotgan narsani "hosilni yig‘ib olish" yoki "najot" (
faloh
) deb
tushunishida katta hikmat bor. Klassik ekzegetikada tasdiqlangan va takomilga
yetkazilgan qur'oniy qarashga ko‘ra, na dinlarning o‘ziga xosligi va na turli-tumanligi
yuzasidan tortishib o‘tiradigan narsaning o‘zi yo‘q; aslida, dinning o‘zi bitta (
ad-din
),
turli e'tiqodlar esa uning bo‘lak va tarmoqlaridan boshqa narsa emas. Rahm so‘zi Kitobni
boshdan-oyoq bog‘lab turgani va bitiklar ilgari ham "nozil qilingani" tufayli yangi ilohiy
tashabbusning o‘zidan oldingi bitiklarga nisbatan olg‘a siljish bo‘lgani mutlaq yoki
so‘zsiz hodisa deb qaralmaydi. Go‘yo unda insoniyat va Alloh o‘rtasidagi
munosabatlarning yangicha ko‘rinishi taklif etilmagan emish. Islom uchun Qur'ondan
oldingi tarix tarixdan oldingi davr hisoblanmaydi. Insoniyat tugal "najotga erishish"
uchun hazrati Muhammadni kutib o‘tirishi shart emasdi.
Mana shu Allohning o‘z karamini darig‘ tutmay, tarixni va dunyo xaritasini ishonchli
belgilar bilan adolatli taqsimlaganini anglab yetishdir. O'sha belgilar Yaratganning o‘ziga
ishoradir. Alloh taolo Qur'onda bot-bot takrorlanadigan o‘zaro hurmatga izn beradi. U
musulmonlardan ahli kitobga qarata: "Bizlar o‘zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham,
sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil) ga ham iymon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz
ham, sizlarning ilohingiz ham Bir (Iloh)dir"
[304]
deb aytishini talab etadi. Esakk va
boshqalar to‘g‘ri qayd etganiday, Qur'onda mana shu mazmundagi sof plyuralizmga
yaqin turuvchi oyatlar ko‘plab uchraydi. Xususan, "Moida" surasining 44
-
48-oyatlari
musulmonlarga, qaerda bo‘lmasin, boshqa e'tiqod vakillariga duch kelsa, ular bilan
o‘zaro munosabatda qo‘llanma vazifasini o‘taydigan premodern
[305]
diniy hujjatdir.
Unda yahudiy payg‘ambarlariga va "hidoyat va nurga to‘la" Isoga nozil qilingan kitoblar
maqtaladi, Muhammadga esa o‘sha din vakillari orasida Qiyomat kuni barcha diniy
tafovutlarni ko‘rsatib, ularga oydinlik kiritgunga qadar Alloh nozil qilgan narsalar bilan
hukm qilish buyuriladi.
Mana shu oyatlar, to‘g‘ri talqin qilingan paytda, ikkita maqsadni ko‘zlaydi: birinchidan,
yahudiy-xristian payg‘ambarlarini Muhammadning ularga muzaffar voris ekanini
tasdiqlash uchun tan olish va, ikkinchidan, uning dinining oldingi ko‘rinishlari (
iudaizm,
xristianlik - Tarj
.) ning omon qolgan himoyachilari ustidan "qo‘riqchi"
Do'stlaringiz bilan baham: |