Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
Uning qiziqishi quyidagi tarzda ortib bordi: 
Men Amerika-onlayn (AOL) va Yuznet (Usenet) anjumanlarining dinga oid sahifalariga 
tez-tez kirib turadigan bo‘ldim va u yerdan islomga oid o‘ta qiziqarli munozaralarga duch 
keldim. [Shuni bilib oldimki] musulmonlar, ommaviy axborot vositalari va 
teleevangilistlar
[272]
 zo‘r berib ta'kidlayotganiday, olabo‘ji ham, qonxo‘r ham, vahshiy 
terroristlar ham emas ekan
[273]
.
Uning (musulmonlar haqidagi) tasavvurlari butunlay o‘zgarib ketibdi va mahalliy 
masjidga murojaat qilganida, uni musulmonlikka qabul qilishibdi. 
Sobiq frantsiskan cherkovi ruhoniysi quyidagi voqeani hikoya qiladi:
Men bir kuni kechqurun televizorda yangiliklarni ko‘rib o‘tirgan edim, yangiliklarda 
musulmonlar haqida, odatdagiday, chala haqiqatdan iborat gaplar boshlandi. Shundan 
so‘ng men islomni tadqiq qilishga qaror qildim va o‘z xulosalarimni qog‘ozga tushirdim. 
Natijada ko‘z o‘ngimda shaytoniy ommaviy axborot vositalari tinmay mag‘zava 
ag‘darayotganidan mutlaqo bo‘lakcha manzara gavdalandi. Men bu dinning muhabbat, 
ma'naviy haqiqat va doimo Allohni esda tutish borasida ancha teran ekanini anglab 
yetdim
[274]
.
Islomni qabul qilganlar yozgan yuzta hisobotning sakkiztasida ommaviy axborot 
vositalari islomni tinmay yomonlayotgani bois ularning bu dinga bo‘lgan qiziqish oshgani 
va oqibatda bu dinni qabul qilgani qayd etiladi. Bu hol Parijdagi 
Puits d'Hermitage
masjidida islomni qabul qiluvchilar ishlariga rasman mas'ul bo‘lgan Mustafo Tuguyning 
tajribasini esga soladi. Uning aytishicha, frantsuzlar orasida ma'lumotli kishilarning 
islomni qabul qilishiga sabab bu dinga nisbatan ommaviy axborot vositalaridagi salbiy 
munosabat tufayli paydo bo‘lgan qiziqishdir
[275]
.
Aynan shu sababga ko‘ra islomni qabul qilgan kishilardan bir nechasi Internetga kirish 
o‘zlarining asosiy axborot manbai ekanini aytadi. Shulardan biri bo‘lmish ayol kishi 
o‘zining solishtirma diniy vebsayt ochgani va natijada islomga o‘tganini hikoya 
qiladi
[276]
. Bir shved muhandisi Qur'onni boshdan-oyoq o‘qib chiqqach, ushbu din 
donishmandligiga ishonganini, biroq anchagacha Allohga ishonishi qiyin bo‘lganini 
yozadi. So‘ngra u o‘zi yashayotan joy go‘zalliklarini suratga olib yurib, klassik "koinot 
aqli"ni his etganini aytadi: 
Aql bovar qilmas hissiyotdan esankirab qoldim. Men o‘zimni ulkan bir narsaning uvog‘i, 
Allohning borliq deb atalgan ulkan mexanizmining bir tishchasi deb his qildim. Juda 
g‘aroyib! Men o‘zimni hech qachon bu qadar yengil, serg‘ayrat his qilmagan edim. 
Ko‘zlarim qayga boqsa, o‘sha joyda Alloh tajallisini ko‘ra boshladi.
Bunday junbushga kelgan holatda qancha turib qolganimni bilmayman, nihoyat, bu holat 
barham topdi va men hech narsa bo‘lmaganday uyga qaytdim. O'sha daqiqalar mening 
xotiramda o‘chmas iz qoldirdi. O'sha paytlar Maykrosoft endigina kompyuterlar uchun 
"Windows 95" dasturini sotuvga chiqargan edi. Uning bir qismi "Maykrosoft netuork"ning 
Internet xizmatidan foydalanish imkoni beradigan dasturcha edi. Oradan ko‘p o‘tmay 
men islomni muhokama qilish guruhlari Internet tarmog‘ining eng qiziqarli qismlaridan 
biri ekaniga ishonch hosil qildim
[277]
.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish