Lingvistik (ma'no) jihatdan.Nutq tovushlarini birlashtiruvchi yoki ularni
farqlovchi belgilari haqida ma'lumot berildi.Tovushlarning ma'no (funksional)
tomoni deyilganda ularning so`zda ma'no farqlash xususiyati tushuniladi. Masalan:
bir, bor, bar, bo`r kabi so`zlar uch tovushdan tashkil topgan bo`lsa ham e, u, a, o,
o` kabi unlilar ma'no farqlaydi, demak ular fonema sanaladi. Tovushlarning so`zda
ma'no farqlovchi xususiyati fonema uchun asosdir.
Nutq tovushlari va ularning tasnifi.
Nutq a'zolari ishtirokida hosil bo`ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi.
Nutq tovushlari, birinchidan, bo`g`iz bo`shlig`ida tovush paychalarining
tebranishidan hosil bo`ladigan ovozdan ikkinchidan, og`iz bo`shlig`ida nutq
organlarida hosil bo`ladigan shovqindan iborat.
Demak, nutq a'zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o`rniga ko`ra nutq
tovushlari ikki turga bo`linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar.
9
Unli tovushlar talaffuz etilganda o`pkadan chiqadigan havo oqimi to`siqqa
uchramay chiqadi va ovozdan hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |