Urg`u va uning turlari.
So`z bo`g`inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo`laklardan birining
boshqalariga qaraganda cho`ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz
qilinishi urg`u deyiladi. Urg`u tushgan bo`g`in urg`uli bo`g`in hisoblanadi, urg`u
odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: <>.
Urg`u o`z sifatiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) so`z urg`usi; (yoki leksik urg`u), 2)
gap urg`usi (yoki logik urg`u). So`z bo`g`inlaridan biriga tushadigan urg`u so`z
(leksik) urg`u deyiladi. Masalan: bola, lola, kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor.
So`zlarga qo`shimchalar qo`shilishi bilan urg`u ham shunga mos holda ko`chadi.
Masalan: g`alla -g`allakor, paxta-paxtakor.
Ko`pgina so`zlarda urg`u oxirgi bo`g`inda bo`lgani uchun o`zbek tilining so`z
urg`usi bog`liq urg`u sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |