“Wēn gù ér zhī xīn, kěyǐ wéi shī yǐ.” Ustoz dedi: “Kimki ilgari olingan bilimni
takrorlab, undan yangi taassurot, yangi fikr ola olsa, u muallim bo‘lishi
mumkindir”
38
. 2)
言寡尤,行寡悔,禄在其中矣。(《论语·为政》)Yán
guǎ yóu, xíng guǎ huǐ, lù zài qízhōng yǐ. So‘zlaganda xato, ish bajarganda
nadomating oz bo‘lsa, amaldorlik mansabini egallashing mumkin
39
.
3)
子曰:“躬自厚而薄则于人,则远怨矣。” (《论语·卫灵公》)Zi
yuē: “Gōng zì hòu ér bó zé yú rén, zé yuǎn yuàn yǐ.”Ustoz dedi: “Ko‘proq
o‘zingni ayblab, o‘zgalarga ozroq ta’na qilsang, kishilar nafratidan yiroq
bo‘lasan”
40
.
Yana bir davomiy harakatni ifodalovchi keng tarqalgan fe’l suffikslaridan
biri bu
着 zhe suffiksi bo‘lib, bu etimologik jihatdan “tegib turmoq”,
“tutashmoq”, “aloqador bo‘lmoq” ma’nosidagi
著 zhuo so‘ziga borib taqaladi.
Ushbu ma’noda bu belgi hozirga qadar ham qo‘llanilib kelinadi.
38
《论语》Lunyu (“Suhbat va mulohazalar”). 山东曲阜,1985 年./ “为政” Weizhang. 16-b, 11-band.
39
O’sha manba. 17-b, 18-band.
40
O’sha manba. 110-b, 15-band.
23
Masalan,
着手 zhuóshǒu “-ga kirishmoq” so‘zida. 著 zhuó belgisining
yana boshqa zhu o‘qilishi ham mavjud bo‘lib, bu “ravshan”, “aniq” ma’nosini
bildiradi.
Xan davriga qadar, jumladan, bu belgi ham o‘zining turli ma’nolarida faqat
mustaqil so‘z – fe’l yoki sifat so‘z sifatida ishlatilib kelingan. So‘nggi Xan
sulolasining oxirlari va ayniqsa Olti sulola davriga kelib
著 zhuó belgisi
endilikda yordamchi vazifalarga ega bo‘la boshlaydi.
Masalan:
长文尚小,载著车中。
41
(世说新语《德行》)Chángwén
shàng xiǎo, zài zhuó chē zhōng. Changwen hali kichkina edi, uni aravaga
o‘tqizib qo‘ydilar. Ushbu misolda o‘sha davrdagi boshqa misollardagi kabi
著
zhuó belgisi zamonaviy xitoy tilidagi
在 predlogi vazifasiga o‘xshash funksiyani
bajaradi.
Tang sulolasi davriga kelib,
著 zhuó ning ma’nosi va grammatik funksiyasi
bir oz o‘zgaradi. Endilikda
著 zhuó li fe’llar o‘zidan keyin vositasiz
to‘ldiruvchini olishlari mumkin bo‘ladi.
Masalan:
想得家中夜深坐,还应说著远行人。
42
(白居易《邯鄲冬至
夜家思》) Xiǎng de jiā zhōng yè shēn zuò, hái yīng shuō zhuó yuǎn xíng rén
Oilamning yarim tunda o‘tirib, olis yo‘lchi haqida so‘zlayotganliklari haqida
o‘ylayman.
Song sulolasi davrida
著 zhuó fe’l modifikatori ikki funksiyada keng
qo‘llaniladi: 1) davomiy ish-harakat yoki holat ko‘rsatkichi; 2) fe’lning
tugallangan turi ko‘rsatkichi:
41
http://blog.sina.com.cn/s/blog_62d8e0450100h6fk.html
42
http://www.china.com.cn/ch-jieri/dongzhi/4.htm
24
1)
又自指著心曰:这里不可欺也。
43
(五代史平话《晋史》)Yòu zì zhǐ
zhuó xīn yuē: zhè lǐ bù kě qī yě. O‘zining yuragiga ko‘rsatib dedi: Buni aldab
bo‘lmaydi.
2)
若不实说,便殺著你。
44
(《三国志平话》)Ruò bù shí shuō, biàn
shā zhuó nǐ. Agar rost gapirmasang, seni o‘ldiraman.
Birinchi misolda
指著 zhǐzhuó fe’li yaqqol 曰 yuē “gapirmoq” fe’li bilan
ifodalangan asosiy fe’l bilan bir vaqtda bajarilayotgan ish-harakatni ifodalagan.
Natijada, esa ish-harakatning davomiyligi ko‘rsatilgan. Ikkinchi misolda esa
殺
shā “o‘ldirmoq” fe’li semantikasining o‘zi bir vaqtdagi ish-harakatni
mo‘ljallaydi.
著 zhuó modifikatorining ko‘rsatilgan ikki funksiyasi ham necha asrlar osha
hozirga qadar saqlanib qolgan. Zamonaviy xitoy tilida mazkur funksiyalar
(grammatik ma’nolar)ning har biri uchun o‘z fonetik o‘qilishi mavjud:
1) zhe qisqa talaffuz shakli davomiy ish-harakat yoki holat ko‘rsatkichi
uchun (
墙上挂着图片 Qiáng shàng guà zhe túpiàn – Devorda surat osilib
turibdi);
2) zhào talaffuz shakli fe’lning tugallangan turi ko‘rsatkichi uchun (
睡着
shuìzhào – uxlab qolmoq,
烫着 tàngzhào – pishirib yubormoq).
过 guò suffiksi fe’lning “-dan kesib o‘tmoq” ma’nosiga borib taqaladi. Buni
payt suffiksi deb nomlash mumkin bo‘lgan zamonaviy xitoy tilidagi yagona fe’l
suffiksidir. Chunki mazkur suffiks bilan kelgan fe’ldan anglangan ish-harakat
aksariyat hollarda o‘tgan zamonga mansub bo‘ladi.
Haqiqatda bu suffiksning mavjudligi so‘zlovchining ish-harakat (yoki
vaziyat) qachonlardir o‘tgan zamonda sodir bo‘lganigi (yoki inkor gaplarda
43
http://www.guoxue.com/shibu/24shi/oldwudai/jwd_098.htm
44
http://www.eywedu.net/sanguoyanyi/08/mydoc003.htm
25
o‘tmishda hech qachon sodir bo‘lmaganligi) faktiga nisbatan qiziqishiga ishora
qiladi. Qiyoslang:
•
他当了老师。 Tā dāng le lǎoshī. U o‘qituvchi bo‘ldi.
•
他当过老师。 Tā dāng guò lǎoshī. U (qachonlardir) o‘qituvchi bo‘lgan.
Grammatik qoliplangan
过 guò fe’li ishtirokidagi gaplarni Tang davridagi
matnlardayoq uchratish mumkin. Song davriga kelib esa bunday gaplar yanada
ko‘payib boradi. Lekin ularda
过 guò o‘zga fe’l modifikatorlari funksiyasiga
o‘xshash bir oz boshqa funksiyani bajaradi.
Masalan:
看過了後,無時無候,又把起來思量一遍。
45
(《朱子語類
輯略》) Kànguò le hòu, wú shí wú hòu, yòu bǎ qílái sīliàng yī biàn. O‘qib
bo‘lgach, vaqtni yo‘qotmay (o‘qilgan so‘zlar yuzasidan) mulohazaga kirish.
Bu yerda
过 guò yaqqol fe’lning tugallangan turi modifikatori hisoblanadi.
Shunday funksiyani bir qator vaziyatlarda
了 liǎo modifikatori ham bajarishi
mumkin. (masalan,
受不了 shòubuliǎo – toqat qila olmaslik, 办得了 bàndeliǎo
– bajara olishlik)
Shunday qilib,
过 guò morfemasi turli funksiyalarni bajarishi mumkin:
1)
noaniq o‘tgan zamon suffiksi;
2)
fe’lning tugallangan turi suffiksi (bu funksiyada u
了 le suffiksi bilan bir
xil bo‘lib, ko‘pincha u bilan birga ham qo‘llaniladi);
3) fe’l modifikatori (masalan,
花 过 钱 huāguò qián – pulni ishlatib
yuborganlik).
45
http://www.guoxue.com/gxzi/zhuziyulei/zzyl104.htm
26
Bundan tashqari, sifat bilan birikib
过 guò morfemasi “oshib ketish”
ma’nosiga ega fe’lga aylantirishi mumkin. Masalan:
飞 机 快 过 火 车 . Fēijī
kuàiguò huǒchē. – Samolyot tezlikda poyezddan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |