xūgǒu – it,
亥猪 hàizhū – to‘ng‘iz.
Masalan,
子 zǐ yilida tug‘ilgan kishi sichqon, 丑 chǒu yilida tavallud
topganlar sigir muchaliga mansub bo‘ladilar.
Hayvonlar nomi yordamida kishilarning tug‘ilgan yilini hisoblash yodda
saqlab qolish uchun juda qulay bo‘lgan. Shu tufayli bu tizim hozirga qadar
barcha millatlar orasida qo‘llanilib keladi.
农历 nónglì – oy taqvimiga ko‘ra, birinchi oy 正月 zhēng yuè, ikkinchi oy 二
月 ér yuè, o‘n birinchi oy 十一月 shí yī yuè, o‘n ikkinchi oy 腊月 là yuè
(ruhlarga qishki qurbonlik keltirish oyi) deb yuritiladi. Kabisa yiliga qo‘shimcha
oy esa “
闰月” rùnyuè so‘zi bilan ifodalanadi.
15
Xitoy oy taqvimiga muvofiq, har bir oy yana ikkitadan mavsum (
节气
jiéqì)ga bo‘linadi. Bir yilda jami 24 ta mavsum belgilangan. Bular:
1.
立春 lìchūn – bahorning boshlanishi (4, 5-fevraldan),
2.
雨水 yǔshuǐ – yomg‘irning boshlanishi (18, 19-fevraldan),
3.
惊蛰 jīngzhé – hasharotlarning uyqudan so‘ng uyg‘onishi (5,6-martdan),
4.
春分 chūnfēn – bahorgi tengkunliklar (20, 21-martdan),
5.
清明 qīngmíng – ochiq kunlar (4, 5-apreldan),
6.
谷雨 gǔyǚ – “g‘alla yomg‘iri” (20, 21-apreldan),
7.
立夏 lìxià – yozning boshlanishi (5, 6-maydan),
8.
小满 xiǎomǎn – kichik mo‘llik (21, 22-maydan),
9.
芒种 mángzhòng – g‘allaning boshoq chiqarishi (5, 6-iyundan),
10.
夏至 xiàzhì – yozgi tengkunliklar (21, 22-iyundan),
11.
小暑 xiǎoshǔ – kichik jazirama (7, 8-iyuldan),
12.
大暑 dàshǔ – katta jazirama (22, 23-iyuldan),
13.
立秋 lìqiú – kuzning boshlanishi (7, 8-avgustdan),
14.
处暑 chǔshǔ – issiq kunlarning tugallanishi (23, 24-avgustdan),
15.
白露 báilù – “oq shudringlar” (7, 8-sentyabrdan),
16.
秋分 qiúfēn – kuzgi tengkunliklar (23, 24-sentyabrdan),
17.
寒露 hànlù – “sovuq shudringlar” (8, 9-oktyabrdan),
18.
霜降 shuāngjiàng – qirov tushishi (23, 24-oktyabrdan),
16
19.
立冬 lìdōng – qishning boshlanishi (7, 8-noyabrdan),
20.
小雪 xiǎoxuě – kichik qor (22, 23-noyabrdan),
21.
大雪 dàxuě – katta qor (7, 8-dekabrdan),
22.
冬至 dōngzhì – qishki tengkunliklar (21, 22-dekabrdan),
23.
小寒 xiǎohàn – “kichik sovuq” (5, 6-yanvardan),
24.
大寒 dàhàn – “katta sovuq” (20, 21-yanvardan)
18
.
Ikki ming yildan ziyod vaqt davomida xitoy dehqonlari mana shu 24
mavsumga binoan dehqonchilik qilib kelganlar. Shunga ko‘ra, xitoyliklar
orasida “
种田看节气” Zhǒng tián kàn jiéqì “Dehqonchilikda mavsumga qara”
maqoli yuaradi.
Qadimda xitoyliklar bir sutkani har biri ikki soatdan iborat 12 ta
时辰
shíchén – “katta soat”ga bo‘lganlar. Har bir “katta soat” yuqorida yil hisobi
haqida gap ketganida biz aytib o‘tgan
地支 dìzhī bilan ifodalangan.
Masalan, soat 23:00dan 01:00ga qadar
子时 zǐshí – “zi vaqti”, 01:00dan
03:00gacha
丑时 chǒushí – “chou vaqti”, 03:00dan 05:00gacha 寅时 yínshí –
“yin vaqti” deb yuritilgan. Bir sutkani 12 soatga bo‘lish katta shaharlarda paydo
bo‘lib, eskirgan, provinsiyalarda esa yo‘qolib borayotgan yana bir urf-odat bilan
bog‘liq bo‘lgan iboralarda saqlanib qolgan. Bu udum shahar darvozalarini
kechqurun yopib, quyosh chiqishi bilan saharda ochish va tungi qorovul qo‘yish
odatidir.
Tungi soqchilik
更 jìng deb atalib, kechki soat 7 dan tonggi 5 ga qadar
beshta ikki soatlik tungi vaqt oralig‘iga bo‘linadi.
18
韩鉴堂。中国文化。 - 北京:北京语言大学出版社,2003。 - 第 111 页。
17
几更天了? Jǐ jìng tiān le? – Tungi soat necha?
打更 dǎ jìng – Tungi soqchilik soatlarini o‘tkazmoq.
早更 zǎo jìng – Tonggi (so‘nggi) soqchilik (ertalabki soat 3-5).
Xitoy xalqaro milodiy sanalashtirish tizimini rasman 1949-yildan so‘ng
qabul qiladi.
Xitoy tilida “miloddan avval”, “eramizdan avval” so‘zi – “
公 元 前 ”
gōngyuán qián
, “milodiy” so‘zi – “公元” gōngyuán, “新纪元” xīn jìyuán
so‘zlari bilan ifodalanadi. Masalan:
1)
公元 383 年淝水之战后,氐族建立的前秦国瓦解
19
Gōngyuán 383
nián Féishuǐ zhī zhàn hóu, dīzú jiànlì de Qián Qín guó wǎjiě. Milodiy 383-yili
Feishui daryosi bo‘yidagi jangdan so‘ng, di millati barpo etgan Ilk Qin davlati
20
parchalanib ketadi;
2)
公元前 138 年,张骞带着 100 多人从长安出发,到西域去
21
Gōngyuán qián 138 nián, Zhāng Qiān dàizhe 100 duō rén cóng Cháng’ān chūfā,
dào xīyù qù. Miloddan avval 138-yil Zhang Qian 100 dan ziyod kishini boshlab
Chang’an shaxridan G‘arbiy o‘lkaga jo‘nadi.
Keltirilgan bu misol zamonaviy xitoy tilida yozilganligi sababli vaqt xalqaro
“milod” tizimidan foydalangan holda ifodalangan. Ushbu jumla asl matnda esa
boshqacha ko‘rinishda, ya’ni an’anaviy xitoycha vaqt ifodasida o‘z aksini
topgan:
19
李强.辽太祖阿保机的耶律家族. – 北京:金城出版社,2011。 - 第 38 页.
20
前秦 Qi
á n Qí n – Ilk Chin davlati (351-395 yy.) IV asrda Shimoliy Xitoyda vujudga kelgan 16 ta davlatlardan
biri hisoblanadi. Uning asoschisi asli di qabilasiga mansub
苻健 Fu Jian bo`lgan.
21
韩鉴堂。中国文化。 - 北京:北京语言大学出版社,2003。 - 第 132 页。
18
建元二年命张骞率百余人出使西域。
22
Jiànyuán èr nián Zhāng Qiān shuài
bǎi yú rén chūshǐ xīyù. Imperator Han Wudining “jianyuan” hukmronlik
davrining ikkinchi yili (mil.av. 138-yil, chunki Han Wudining jianyuan
hukmronlik yili mil.av. 140-yili boshlanib 6 yil, ya’ni mil.av. 134-yilga qadar
davom etgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |