Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Mavzuga oid to‘plangan materiallar
hozirgi zamon tilshunoslik fanida keng qo‘llanilayotgan tavsifiy, interpretatsiya,
xronologik hamda tahliliy metodlardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
materiallari asosida xitoy tilida vaqt kategoriyasini sistemalashtirish, temporal
munosabatlarni bildiruvchi konstruksiyalarni o‘rganishda, vaqtni bildiruvchi
so‘zlarning davriy ma’no o‘zgarishlari xususida , gapdagi funksional vazifalarini
tahlil etishda nazariy manba sifatida qo‘llanilishi mumkin. Vaqt kategoriyasi
mavzusida olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida , xitoy tili grammatikasi,
leksikologiyasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar yaratishda
amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |