I BOB. QADIMGI XITOY TILIDA VAQT GRAMMATIK
KATEGORIYASINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
1. Qadimda Xitoyda sanalashtirish tizimi
Tarixdan ma’lumki, Xitoy sivilizatsiyasi 5000 yillik tarixga ega. Qadimgi
xitoy madaniyati ikki daryo
– Xuanghe va Changjiang daryolari o‘rtasidagi
hududlarda shakllangan. Qadimiy xitoy manbalariga ko‘ra eng qadimgi xitoylar
夏 xià “sya” deb nomlanganlar. Xitoyning 96%ini tashkil etgan han millatining
kelib chiqishi aynan shu “sya”larga borib taqaladi. Boshqa millat va elatlar bilan
o‘zaro savdo-sotiq aloqalari, janggu-jadallar hamda tinch diplomatik
munosabatlar natijasida madaniy almashinuv jarayonlari kechgan.
Xitoyda qadimdan an’anaviy oy taqvimi mavjud bo‘lgan bo‘lsa,
keyinchalik quyosh taqvimi, grigoryan taqvimi, “milod” tushunchasining kirib
kelishi ham xitoylar uchun vaqtni yanada aniqroq ifodalashga yordam bergan.
Mazkur bobimizga ma’lumot yig‘ish jarayonida qadimgi Xitoyda vaqt
kategoriyasida grammatik ko‘makchi, yuklama, ravishlar hozirgi davrga
nisbatan ozchilikni tashkil qilib, vaqtni ifodalashda asosan temporativlar, ya’ni
ot turkumiga xos bo‘lgan vaqtni ifodalovchi so‘zlar xizmat qilganligini kuzatdik.
Ishimizning ushbu qismida Xitoyda qadimdan vaqt hisobi qanday amalga
oshirilgan, qanday so‘zlar bilan ifodalangan – shu masalalarni ko‘rib chiqishni
lozim topdik.
Qadimgi Xitoyda an’anaviy o‘ziga xos sanalashtirish usuli mavjud bo‘lib,
bu asosan yozma manbalarda uchraydi. Bunday sanalashtirish Xitoydagi
hukmdorlarning hukmronlik yilidagi shiorlar bilan belgilangan bo‘lib “
年号”
niánhào deb nomlangan
14
.
Mazkur tizim Xan sulolasi, aniqrog‘i Han Wudi davridan boshlangan.
Imperatorning taxtga o‘tirishi bilan uning shaxsiy ismi va bu ismni yozuvda aks
ettirish ta’qiqlangan. Bu ismni ifodalash uchun xizmat qilgan belgi yoki belgilar
14
Иванов А.И., Поливанов Е.Д. Грамматика современного китайского языка. – Москва.: Едиториал
УРСС, 2003. –C 295.
13
esa o‘zgarishsiz yozuvda qayd etilgan. Imperator hukmronlik qilgan yiliga
mashhur nomlar o‘zlashtirilgan. Masalan, “
道光” dàoguāng – “Yo‘l shu’lasi”,
“
永乐” yǒnglè – “Abadiy huzur” va h.k.
Ko‘pgina xitoy tiliga oid lug‘atlarning so‘nggida «
中国历代纪念表»
Zhōngguó lìdài jíniànbiǎo – Xitoyning xronologik jadvali ilova qilingan. Ana
shu jadvalda har bir sulola tartib bilan alohida ko‘rsatilib, ular uchun
imperatorning ismi, imperator shiori bilan ifodalangan hukmronlik yillari nomi,
hukmronlik qilgan yillari soni, so‘ng yilning
干支 gānzhī tizimidan foydalanib
berilgan belgisi hamda agar miloddan avvalgi davrga mansub yil bo‘lsa “
前”
qian (“avval”) so‘zi va arab raqami bilan ifodalangan yillar singari 4 tadan ustun
keltirilgan.
Masalan,
现代汉语词典 Xiàndài hànyǔ cídǎn (“Zamonaviy xitoy tili
lug‘atida”)
西汉 Xī Hàn – G‘arbiy Xan
15
sulolasi jadvalidagi quyidagi misolni
ko‘rsak:
宣帝 (~询)/ 本始(4)/戊申/前 73
16
Xuāndì (~Xún)/ běnshǐ (4)/
wùshēn / qián 73. “Han sulolasi imperatori Xuandining (ismi Xun) to‘rt yillik
“ibtido” hukmronlik yili wushen yili, ya’ni miloddan avval 73-yildan
boshlangan.”
Ming sulolasi davri
17
oxirlaridan boshlab hukmronlik yillari shiorlari
o‘zgarmaydi, shunga qadar esa o‘zgarib turardi, masalan mamlakatga tabiiy
ofatlar zarar yetkazsa va h.k.
15
西汉 Xi Han yoki 前汉 Qian Han–G`arbiy Xan yoki Ilk Xan sulolasi mil.av. 206-milodiy 8- yillarda Xitoyda
hukmron bo‘lgan.
16
现代汉语词典(第五版)。- 北京:商务印书馆,2005。- 第 1841 页。
17
明代 Mingdai – Xitoyda Ming sulolasi hukmronlik davri 1368-1644-yillarni o`z ichiga qamrab oladi.
14
Qadimda xitoyliklar kunduz va tunning almashib kelishidan “
日” rì –
“kun” konsepsiyasini yaratganlar. Oyning to‘lishish va kichrayish fazalaridan
“
月” yuè – oy konsepsiyasi kelib chiqqan.
Iqlimning issiq yoki sovuq bo‘lib o‘zgarib turishidan “
年” nián – “yil”
konsepsiyasi yuzaga kelgan. Tabiat hodisalariga qarab vaqtni o‘lchash o‘sha
davrdagi dehqonlarning faoliyatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida
foydalanilgan. Bu esa aynan qadimgi xitoy oy taqvimining yaratilishiga asos
bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, qadimgilar 12 siklik belgilar (
地支 dìzhī)larni 12 xil
hayvon nomi bilan birlashtirib, mazkur 12 muchal belgilari yordamida
kishilarning tug‘ilgan yilini ifodalashgan.
Bular:
子鼠 zǐshǔ – sichqon, 丑牛 chǒuniú – sigir, 寅虎 yínhú – yo‘lbars,
卯兔 mǎotù – quyon, 辰龙 chénlóng – ajdaho, 巳蛇 sìshé – ilon, 午马 wǔmǎ –
ot,
未羊 wèiyáng – qo‘y, 申猴 shēnhóu – maymun, 酉鸡 yǒujī – tovuq, 戌狗
Do'stlaringiz bilan baham: |