Microsoft Word Xitoy tilida vaqt kategoriyasi


Mavzuning o‘rganilganligi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/46
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#231553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
xitoy tilida vaqt kategoriyasi

Mavzuning o‘rganilganligi. Liu Yuehuaning “Amaliy zamonaviy xitoy 

tili grammatikasi” (

刘月华。实用现代汉语语法。Liú Yuèhuā. Shíyòng xiàndài 

hànyǔ,  Cheng Ming’an va Hao Wenhuaning “Amaliy xitoy tili” (

程明安,郝文


华。应用汉语。Chéng Míng’ān, Hǎo Wénhuā. Yìngyòng hànyǔ.Uhan, 2005) 

asari, Zhang Weiguoning “Zamonaviy xitoy tili amaliy turg‘un konstruksiyalari” 

张卫国。现代汉语实用语型. Zhāng Wèiguó. Xiàndài hànyǔ shíyòng yǔxíng. 



Pekin, 1992.) kitobi, Wang Lining “Xitoyning zamonaviy grammatikasi” (

力。中国现代语法。Wáng Lì. Zhōngguó xiàndài yǔfǎ. Pekin, 2000-yili qayta 



nashrdan chiqqan), V.I.Gorelovning “Теорическая  грамматика  китайского 

языка” (Moskva, 1989), S.Ye.Yaxontovning “Категория глагола в китайском 

языке” (Leningrad, 1957), Polivanovning “Грамматика  современного 

китайского  языка” da vaqtga oid qarashlar hamda zamon kategoriyalariga 

qisqacha to‘xtalgan. 

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, aynan o‘zbek tilidagi vaqt kategoriyasiga 

bag‘ishlangan ishlar oz emas. Shulardan, J.Abdullajonova

10

ning zamon fe’l 



                                                            

8

 Гуревич И.С, Зограр И.Т. Хрестоматия по истории китайского языка III-IV в.в. –Москва:. 1982. -С 192. 



9

 O’sha manba . -С 201. 

10

 Abdullajonova. J.O‘tgan zamon fe’l formalarining hozirgi zamon ma’nosida qo‘llanilishi.// O‘zbek tili va 



adabiyoti masalalari, 1971, 3-chiqish.  106-114–b. Abdullajonova J. Hozirgi zamon fe’l formalarining o‘tgan 

zamon ma’nosida qo‘llanilishiga doir.// O‘zbek tili va adabiyoti masalalari, 1971, 3-chiqish. 137-141 –  b. 




 

formalariga bag‘ishlangan, H.Ne’matov



11

ning fe’l kategoriyalari mavzusi 

doirasida yozilgan bir qator maqolalarda vaqt kategoriyasi masalasi ko‘tarilgan. 

Xususan, Hakimova Muhayyo Karimovnaning “O‘zbek tilida vaqt ma’noli 

lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari”

12

 mavzusidagi 



filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan 

dissertatsiyasidagi bevosita vaqt kategoriyasi borasida tahlil va sintez qilingan 

masalalar katta ahamiyatga egadir. Mazkur ilmiy ishda vaqtning obyektiv, 

subyektiv belgilari va ularning tilda aks etish yo‘sinlari, o‘zbek tilining temporal 

maydonida leksik-frazeologik birliklarning tutgan o‘rni, ko‘lami, vaqt ma’noli 

lug‘aviy birliklar komponent tahlil qilingan.  

Xitoy tilshunos olimlari qalamiga mansub bir qator “Zamonaviy xitoy tili 

grammatikasi” qo‘llanmalarida vaqt kategoriyasiga mansub grammatik 

kategoriyalardan ravish hamda yordamchi so‘zlar haqida ma’lumotlar keltirib 

o‘tilgan. 

Jumladan, Zhu Qingmingning Pekinda 2005-yili chop etilgan “Zamonaviy 

amaliy xitoy tili grammatikasi tahlili” (

朱庆明。现代汉语使用语法分析。Zhū 

Qìngmíng. Xiàndài hànyǔ shǐyòng yǔfǎ  fēnxī)  kitobi, Cheng Ming’an va Hao 

Wenhuaning 2005-yili Wuhanda nashrdan chiqqan “Amaliy xitoy tili” (

程明

安,郝文华。应用汉语。Chéng Míng’ān, Hǎo Wénhuā. Yìngyòng hànyǔ. ) 



qo‘llanmasida payt ravishi, 

了 le,  着  zhe,  过  guò  so‘zlari, vaqt ifodasi uchun 

xizmat qiluvchi old ko‘makchi, so‘ng ko‘makchi singarilar misollar bilan 

ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Zhang Weiguo muallifligida 1992-yili Pekinda 

chop etilgan “Zamonaviy xitoy tili amaliy turg‘un konstruksiyalari” ( 

张卫国。


现代汉语实用语型. Zhāng Wéiguó. Xiàndài hànyǔ shíyòng yǔxíng) kitobi xitoy 

                                                            

11

Ne’matov H. Fe’l, uning forma va kategoriyalari. // O‘zbek tili va adabiyoti masalalari, 1972, № 1. 39-46–b. 



12

Hakimova M.K. O‘zbek tilida vaqt ma’noli lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari. (F. 

f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya) – Farg‘ona, 2004. 



 

tilida vaqtning ifodasida faol ishtirok etuvchi ko‘plab konstruksiyalarni 



aniqlashda qimmatli manba bo‘lib xizmat qildi. 

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Wang Lining “Xitoyning 

zamonaviy grammatikasi” (

王力。中国现代语法。Wáng Lì. Zhōngguó xiàndài 



yǔfǎ.) asari garchi, 1943-yili yaratilgan bo‘lsada, payt ravishlarini alohida 

turlarga bo‘lib, ularning zamonaviy va qadimiy shakllari misollar bilan 

izohlanishi; boshqa tillarda mavjud zamon tushunchasiga monand xitoy tilidagi

情貌    qíngmào  – “harakat holati”ni yetti turga, ya’ni  普通貌  pǔtōng mào – 

oddiy holat, 

进行貌 jìnxíng mào – jarayonda bo‘lish holati,  完成貌 wànchéng 



mào – tugallanish holati, 

近过去貌 jìn guòqù mao – yaqin o‘tmish holati, 开始

貌 kāishǐ mào – boshlanish holati, 继续貌 jìxù mào – davomiylik holati,  短时

貌 duǎnshí mào – qisqa muddat holati singarilarga  bo‘linishi, xitoy tilida vaqt 

kategoriyasini atroflicha o‘rganilgan.  

Rus xitoyshunoslarining xitoy tilidagi vaqt kategoriyasi mavzusiga 

bag‘ishlangan masalalar keng yoritilgan.S.Ye.Yaxontovning “Категория 

глагола  в  китайском  языке” (Leningrad, 1957) va V.I.Gorelovning 

“Теорическая  грамматика  китайского  языка”da

来 着   láizhe  temporal 

yuklamalari, xitoy tilida payt holining qisqacha tavsifi hamda payt munosabatini 

ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil 

ko‘rib chiqilgan. Song Yuyjuning 1981-yil “Xitoy filologiyasi” jurnalida chop 

etilgan “

来着” payt xizmatchi so‘zlari borasida”

13

 maqolasida



来着  láizhe 

temporal yuklamalari  mavzusi yuzasidan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 

S.Ye.Yaxontovning “Категория глагола в китайском языке”  monografiyasida 

esa rus tili tilshunosligi terminologiyasiga muvofiqlashtirgan holda xitoy tilida 

fe’lning tur-vaqt kategoriyasi, jumladan, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi 

                                                            

13

宋玉柱。关于时间助词“的”和 “来着”。中国语文,1981 年,第四期,271-276 页。 




10 

 

zamon shakllari tahlili keltirilgan. S.Ye.Yaxontovning mazkur monografiyasida 



vaqt kategoriyasi fe’lning grammatik kategoriyasi sifatida ko‘rib chiqilgan. 

Bevosita qadimgi xitoy tilidagi vaqtning ifodasi masalasiga kelsak, 

qadimda Xitoyda sanalashtirish tizimi haqida Xan Jiantangning “Xitoy 

madaniyati” (

韩 鉴 堂 。 中 国 文 化 。 Hán Jiàntáng. Zhōngguó wénhuà.

qo‘llanmasi, yoxud xitoy madaniyatiga oid har qanday manba bu masalani 

yetarlicha keng o‘rgangan. Qadimgi xitoy tilida payt ravishlariga oid 

ma’lumotlar Kang Ruicongning 2008-yili Shanghayda “Qadimgi xitoy tili 

grammatikasi” (

康瑞琮。古代汉语语法。 Kāng Ruìcóng. Gǔdài hànyǔ yǔfǎ.) 

hamda 1984-yili Liaoningda chop etilgan “Qadimgi xitoy tili” qo‘llanmalarida 

berilgan. 




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish