Microsoft Word Xitoy tilida vaqt kategoriyasi


Qadimgi xitoy tilida vaqtni bildiruvchi ravishlarning



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#231553
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
xitoy tilida vaqt kategoriyasi

 

3. Qadimgi xitoy tilida vaqtni bildiruvchi ravishlarning 

 ifodalanish xususiyatlari 

Qadimgi xitoy tilida ravish yordamchi so‘zlar orasida miqdor

  jihatdan 

eng ko‘p, qamrovi eng keng va eng murakkab so‘zlardan hisoblanadi.  

Ravishlarning fe’l, sifat, ot xususiyatiga ega kesimga birika olishi ravishni 

belgilovchi asosiy me’yor hisoblanadi. 

 Gapda ravish hol yoki fe’lli qo‘shimcha bo‘lakda sodda yordamchi so‘z 

yoki murakkab yordamchi so‘z bo‘lib keladi. 

Bevosita vaqt kategoriyasi haqida gap ketganida, xitoy tilida bir ma’noli 

o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamonni ifodalovchi grammatik vositalar mavjud 

emas. Xitoy tilida zamon qadim davrlardan buyon leksik vositalar yordamida, 

ya’ni avvalambor 

今  jīn – “hozir” va 昔



ī – “o‘tgan zamonda” kabi maxsus 

ravish so‘zlar bilan ifodalangan.  

Ushbu ravish so‘zlar In davri

46

 ga mansub fol ochish uchun ishlatilgan 



suyaklardagi yozuvlarda uchraydi. Bular bilan bir qatorda o‘sha davrda vaqtni 

ifodalovchi boshqa leksik birliklar ham uchraydi.  

Masalan, 

來 lái “kelayotgan”, xuddi shu ma’nodagi 翌(羽) , ularning 今



jīn va

昔 xī dan farqli tomoni shundaki, 今 jīn va 昔 xī gapda mustaqil ravishda 

qo‘llanilishi mumkin. 

來   lái va 翌 ( 羽 )   esa faqatgina boshqa bir otga 

aniqlovchi bo‘lib qo‘llanila oladi.  

                                                            

46

 

殷 Yin – In qabilalar birlashmasi davri mil.av. 1401-1122-yillarni o`z ichiga oladi. 




27 

 

Masalan, 



來日 “kelayotgan kun” (“ertaga”). Uch ming yildan ortiq vaqtni 

ifodalash usuli prinsipial o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. 

Qadimgi xitoy tilida fe’lning tur kategoriyasi ham bo‘lmagan. Qizig‘i 

shundaki, ish-harakatning kechish xarakterini ifodalovchi maxsus leksik 

vositalar vaqtni ifodalovchi vositalarga  nisbatan qadimgi xitoy tilida kechroq, 

ya’ni G‘arbiy Zhou

47

 davrida paydo bo‘ladi.  



Bu davrda qadimgi xitoy tilidagi matnlarda aspektual ravishlar: ish-

harakatning endigina boshlanib, ayni paytda davom etayotganligini ifodalash 

uchun

肈(肇)  zhào, ish-harakatning muayyan vaqtga qadar yakunlanganligi 



(yoki holat o‘zgarganligi)ni ifodalash uchun 

既 , ish-harakat muayyan vaqtda 

amalga oshishi kerakligini ifodalovchi 

将   jiāng ravishlari va h.k. (Mazkur 

ravishlarni quyida alohida guruhlarga bo‘lib misollar bilan ko‘rib chiqamiz). 

 Bu yerda tayanch so‘z birikma sifatida so‘zlovchi tomonidan belgilangan 

payt xizmat qiladi. Bu nutq so‘zlanayotgan paytga to‘g‘ri kelishi ham mumkin, 

kelmasligi ham mumkin. Agar xabarda zamon sanoq boshi nutq payti bilan 

muvofiq kelsa, unda biz absolyut vaqt haqida gapirayotgan bo‘lamiz.  

Agar buning aksi bo‘lsa, u holda bu nisbiy vaqt bo‘ladi. Bu turdagi 

ravishlar ish-harakatning amalga oshish paytini ifodalab, payt bilan bog‘liq 

tezlik va hokazolarni ifodalovchi yordamchi so‘zlardir. 

 Bunday so‘zlar miqdor jihatdan unchalik ko‘p emas. Ma’no jihatlariga 

muvofiq, payt ravishlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

1. 

既  jì,  已  yǐ,  业  yè,  素  sù,  尝  cháng  ravishlari ish-harakatning o‘tgan 



zamonda amalga oshganligini ifodalab, “allaqachon”, “qachonlardir”, “ilgari” 

deb tarjima qilinishi mumkin. Masalan:  

                                                            

47

 



西周 Xi Zhou – G‘arbiy Zhou sulolasi davri m.a. 1046-1077- yillardan tashkil topadi. 


28 

 

1) 



既克,公问其故。(《左传·庄公十年》)

48

 Jì kè, gōng wèn qí gù. 



Kurashda g‘alaba qozonib, knyaz Zhuang undan g‘alaba boisini so‘radi;  

2) 


今已服矣,又何求焉?(《国语·越语》)

49

 Jīn yǐ fū  yǐ, yòu hé qiú 



yān? U allaqachon taslim bo‘lgan, undan yana nima talab qilish mumkin?  

3)

良业为取履,因长跪履之。(《史记·留侯世家》)



50


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish