Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


kemani  muayyan muddatga fraxt qilish (taym-charter) to‘g‘risidagi shartnomaga



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

kemani 
muayyan muddatga fraxt qilish (taym-charter) to‘g‘risidagi shartnomaga 
bag‘ishlanadi. Ushbu shartnoma turistik va boshqa maqsadlarda yo‘lovchilarni 
ommaviy tashish uchun dengiz kemalaridan foydalanuvchi turfirmalar va boshqa 
tashkilotlarga qiziqarlidir.
Kemani vaqtinchalik fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi belgilangan 
haq (fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga kemani va kema ekipaji a’zolarining 
xizmatlarini yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat maqsadlarida 
muayyan muddatga taqdim etish majburiyatini oladi. Bunday shartnomani 
rasmiylashtirishda unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: taraflar nomi; fraxt qilish 
maqsadi; kema nomi, uning texnik va foydalanish ko‘rsatkichlari (yuk ko‘tarish 
qobiliyati, tezligi va b.); suzish hududi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va 
joyi; fraxt qiymati; taym-charterning amal qilish muddati. 
XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan 
sektoriga aylandi. Ma’lumki, 
kruiz 
deganda suv transporti turlarida sayohat qilish 
tushuniladi. U orol qirg‘og‘i bo‘ylab ekskursiya qilishni, port shaharlarning 
diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari 
bortida dam olishni o‘z ichiga oladi.
Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‘p (100 dan ortiq) bo‘lib, ularning bir 
qismi Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a’zodir. Kruiz biznesi sohasidagi 
eng mashhur tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», 
«Royal Caribbean International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian 
Cruise Lines» kompaniyalari kiradi. 
7.5. Turistlarni hayvonlar yordamida tashish. 
Sizlar bilan ma’ruzada harakat usullari bo‘yicha hayvonlarning yordami bilan 
turistlarni tashish mumkin ekanligi haqida aytib o‘tilgan edi, shulardan biri, it 
yovvoyi bo‘ridan tarqalgan bo‘lib, inson uni qo‘lga o‘rgatgan. Itdan qo‘riqlash, 
poda boqish, ov qilish, yo‘lovchi va yuk tashish maqsadlarida foydalaniladi. 
Shimolda itlar chana tortadi. Bir chanaga 10-20 it qo‘shiladi. Shu holatda itlar qorli 
hududlar bo‘ylab ancha og‘ir (200 kg gacha va undan ortiq) yuklarni chanada 
tashishga qodir. Chekka Shimolda yo‘llar bo‘lmagan sharoitlarda itlar qo‘shilgan 
chana qorli hududlar bo‘ylab harakatlanishning birdan-bir yagona usulidir. Alyaska 
bo‘ylab it qo‘shilgan chanalarda sayohat qilish Jek London asarlarida tavsif etilgan. 
Itlar sayohatchilarga Janubiy va Shimoliy qutbni zabt etishga ko‘maklashgan. 


489
Bunday sayohatlarni tashkil etishda o‘z yukidan tashqari itlarga oziqani ham 
rejalashtirish zarur. Bu ham chanada ma’lum joyni egallaydi va yuk bo‘ladi.
Bugungi kunda qorli hududlar bo‘ylab it qo‘shilgan chanada sayohat qilish 
ekzotika hisoblanadi. Ekstremal turizm guruhlari uchun ko‘p kunlik sayohatlar 
tashkil etiladi. Qutbga yaqin joylarda, masalan, Finlyandiya, Norvegiya, Kanada va 
Alyaskadagi turistik markazlarda turistlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar 
uyushtiriladi. Mahalliy aholi turistlar uchun tashkil etadigan milliy bayramlarda va 
ko‘rgazmali namoyishlarda it qo‘shilgan chanalardan faol foydalaniladi. It 
qo‘shilgan chanalarda safari — Finlyandiyaning qishki kurortlarida, ayniqsa, 
Laplandiyada turistlar uchun o‘tkaziladigan ko‘ngilochar tadbirlarning muhim turi. 
Bu yerda turistlarga itlarni chanaga qo‘shish, it qo‘shilgan chanani boshqarish 
o‘rgatiladi. Har xil uzunlikdagi manzilni it qo‘shilgan chanada bosib o‘tish yoki 
hatto 300-400 km ga sayohat qilish ko‘zda tutilgan turlar ham bor. Safar oxirida 
turistlarga (tabiiyki, ma’lum haq evaziga) it qo‘shilgan chana haydovchi sertifikati 
beriladi. 
Tuyoqlilar turkumi vakillari — bug‘u, eshak, xachir, ot, ho‘kiz, qo‘tos va 
tuyadan inson qadim zamonlardan beri yuklarni va sayohatchilarni tashish uchun 
ham, turli yuk ortilgan aravalarni tortish uchun ham foydalanib keladi.
Otliq turistik marshrutlardan tashqari otlardan milliy parklarda, 
mehmonxonalar yaqinidagi maxsus hududlarda, klublarda ham faol foydalaniladi. 
Ot bilan muomala qilish insonning holatiga, uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi 
deb hisoblanadi.

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish