Tashish vazifasiga qarab,
umumiy foydalaniladigan avtobuslar, turistik-
ekskursiya avtobuslari va maxsus avtobuslar (maktab avtobuslari; vaxta
avtobuslari; xodimlarni shahar yo‘lovchi transporti umumiy yo‘nalishlaridan
uzoqda joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlariga eltish uchun mo‘ljallangan
avtobuslar va sh.k.) farqlanadi. Mazkur avtobuslarning sig‘imi, shinamlik darajasi,
salonlarining ichki tuzilishi, tashqi ko‘rinishi har xil bo‘ladi.
O‘rinlar soniga ko‘ra,
juda kichkina sig‘imli avtobuslar (8-15 o‘rinli
mikroavtobuslar – UAZ, RAF, «Gazel» va sh.k.); kichik sig‘imli (21 — 26 o‘rinli)
avtobuslar; o‘rtacha sig‘imli (33 — 34 o‘rinli) avtobuslar; katta sig‘imli (41 — 45
kishiga mo‘ljallangan) avtobuslar hamda o‘ta katta sig‘imli (54 — 56 tadan 80
tagacha o‘rinli) avtobuslar farqlanadi.
Kichik sig‘imli avtobuslarga “Otoyo‘l” firmasining avtobuslari, Rossiyada
ishlab chiqariladigan KAVZ va PAZ rusumli avtobuslar kiradi.
Qavatlariga soniga qarab,
bir, bir yarim va ikki qavatli avtobuslar
farqlanadi. Aksariyat turistik firmalar bir yarim qavatli avtobuslar bilan ishlashni
ma’qul ko‘radi, chunki yo‘lovchilar saloni poldan haydovchining kabinasiga
nisbatan yuqorida joylashganligi tufayli oynadan atrof yaxshi ko‘rinadi. Ikki qavatli
avtobuslarning pastki qavatlaridan qisqa ekskursiyalarda transport vositasining
sig‘imini oshirish maqsadida yo‘lovchilar saloni sifatida yoki kichkina stol-stullar
bilan jihozlangan bufet tarzida foydalanilishi mumkin.
Turistlarni tashiydigan avtobuslarning
qulay
va
shinamligiga
butun dunyoda
katta talablar qo‘yiladi. Xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarda konditsioner,
audio- va videosistemalar, oshxona, garderob,
biotualet
bo‘lishi lozim. Aksariyat
avtobuslarning salonlari individual yoritish lampochkalari, oyoq qo‘yish uchun
maxsus joylar, kreslolar suyanchig‘ida yig‘iladigan stolchalar bilan jihozlanadi.
Kreslolar qulay va yumshoq, orqaga tashlanadigan, qiyaligi rostlanadigan bo‘lishi
lozim.
Avtomobil transport xalqaro uyushmasi huzuridagi Klassifikatsion komissiya
tomonidan turli toifadagi turistik avtobuslarga qo‘yiladigan muayyan talablar ishlab
chiqilgan. Avtobus toifasi uning klassi bilan belgilanadi va 1 tadan 5 tagacha
yulduz bilan ifodalanadi. «1 yulduzli» avtobuslar toifasiga shahar bilan tanishtirish
ekskursiyalari hamda mahalliy ekskursiyalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xalqaro
klassga mansub avtobuslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |