Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

5.3.Turizmda animatsiya. 
 
Turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentining dolzarb yo‘nalishlaridan biri 
animatsiya, ya’ni, xizmat ko‘rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va hordiq 
chiqarishini jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi va servisi 
bo‘yicha teng bo‘lgan kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan. «Xizmat 
ko‘rsatishni animatsiyalashtirish» formulasi topilgan. 
Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir. 
Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib 
oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar 
ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi. 
Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs kechalarini, 
karnaval, uyin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion 
turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -turistlarning 
Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur bo‘lib, unda 
turistlarga kiyim, kovboy narsalari beriladi, otda yurish va kovboylik mahoratlari 
o‘rgatiladi. 
Venada turistlar borishi mumkin bo‘lgan an’anaviy professional ballar: 
Avstriya qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar, ovchilar, qandolatchilar, kir 
yuvuvchilar ballari o‘tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar XIX asrga moslab tikilgan 
kiyimlarni ijaraga olishlari mumkin. Bunday turlar turistlarda katta qiziqish 
uyg‘otadi. Ballar istalgan saroy yoki qal’alarda tashkil etilishi mumkin. 
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi ssenariysi 
va harakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda bevosita 
turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir. 
Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar dam 
olishini bevosita animatsiyalashtirish. 
Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda 
ishlashadi. Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir. Ko‘pincha, 
bunday ishchilar all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar. Turistlar kunduzi 
ularni butik rastasida yoki kortda, sport musobaqalari yoki baliq ovida ko‘rishlari 
mumkin, kechasi esa aynan shu xodimlar turistlar qatnashishi ko‘zda tutilgan 
qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar, odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan 
ko‘rishlari va tanib olishlari uchun ochiq rangli fotbolkalarni tanlashadi. Futbolkada 
uning ismi va u biladigan tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular 
xushmuomala bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar: "Qalay, 
kechagi ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol o‘ynaysiz". Mijozlar yuzini 
eslab qolish - ularning professional majburiyatidir. 
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir. Ertalab 
ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, plajda turistlarni ko‘ngil ochishlarini 
tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va do‘konlarga boradilar. 
Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini ham ta’minlashlari kerak. 
Kimnidir raqsga taklif qilish, kim bilandir shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning 
uchun ham, odatda, yoshlar animator bo‘lib ishga kiradilar. 
Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va 


471
animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni 
bilishdir. Agar undan ko‘p bo‘lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli 
davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga 
aylanadi. 
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari tizimi 
klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med"ga animator bo‘lib ishga kirgan odamlar 
haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat yosh, 
chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan til topishib keta 
olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim - GO -. fransuz tilidan olingan Gentils 
Organisateurs so‘zining qisqartmasi - "yoqimli tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. 
GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning barcha shaharchalari ajralib turadigan 
erkinlik va tabiiylik muhitini yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi 
zerikayotgan bo‘lsa, albatta, GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. 
Ular doimo biror hazil yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. Mijozlarni ham bu 
yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi - "klubning 
yoqimli a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan 
shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi. 
Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar 
nishonlanadigan sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir 
Turistning u yoki bu sanaga qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning 
o‘zi qatnashadigan ko‘rinishda tashkil etilishi xizmat ko‘rsatish dasturini yanada 
jonlantiradi. Har safar yangi bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, 
doimiy harakatdagi animatsion dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir 
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya
formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan 
foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish
tomoshalarning turli-tumanligi. 
Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha 
shakllantirish mumkin: 

operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va 
karnavallar tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish, 
shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol 
qo‘shib borish; 

sodir bo‘layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini 
hisobga oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish; 

yo‘nalishda 
turistlarning 
har 
xil 
bo‘lish 
ehtimoli 
bor
xizmatlar bog‘liqligini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilgan ssenariy 
asosida to‘liq xizmat ko‘rsatish kompleksini amalga oshirish; 

ob-havo va boshqa sabablarga ko‘ra dasturga o‘zgartirish kiritilganda 
animatorlaning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm 
faoliyati deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining 
har bir turist dam olishiga va xizmat ko‘rsatishga shaxsiy yondashuvning 
o‘zaro yaqin hamkoriigini tushunishimiz mumkin. 
Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi sifatida 
his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish