472
Mahsulot sifati - iste’molchilarning ma’lum istaklarini qondirishni
ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir.
Xizmatlar sifati - iste’molchilarning taxmin etiladigan yoki belgilangan
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini aniqlaydigan xizmatlar tasniflarining majmuidir.
Turistik xizmat ko‘rsatish sifati - dam olish va sayohat qilish chog‘ida
turistlarning istak va ehtiyojlarini qondirish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlar va
tadbirlar majmuidir.
Turistik xizmat ko‘rsatishning kompleks harakteri turoperator ishining
yagona sifat ko‘rsatkichini ishlab chiqishda qiyinchilik tug‘diradi. Turistlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini tushunishda turoperator ishi sifatini aniqlashning ikki xil
yondashuvi: agentlik va iste’molchi yondashuvi mavjud.
Bu muammoni agentlik yondashuvi natijasi «Turizm: praktika, problemi,
perspektivi» (1998 g.№4)
jurnalida chop etilgan, BANKO axborot xizmati
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz.
Turoperator ishi sifati ko‘rsatikichlari:
1. Turagentlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlik;
2. O‘zoq muddat mobaynida faoliyatning barqarorligi;
3.Turistik xizmatlar sifati va narxlarining optimal munosabati;
4. Personal professionalizmi, hamkorlarga individual yondashuv;
5.Foydali narx siyosati (past narxlar, yuqori komissionlar, bonuslar tizimi,
ovozlar miqdori);
6. Taklif etilayotgan turistik xizmatlarning yuqori sifati;
7.Axborot ochiqliligi, reklama tadbirlarining o‘ylanganligi, kataloglarning
yuqori sifati;
8. Ish va shaxsiy darajalarda xayrixohlik;
9. Takliflar va qo‘shimcha turistik xizmatlarning keng ko‘lami;
10. Xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha doimiy ishlash;
11.Ofisning qulay joyda joylashganligi va shinamligi;
12. Firma rahbariyati bilan ishonchli va do‘stona munosabat.
Sifatni aniqlashning iste’molchi yondashuvi turistlarga xizmat ko‘rsatish
sifati tushunchasini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.
Turistik xizmat ko‘rsatish nafaqat kompleksliligi,
nomoddiyligi, his qilib
bo‘lmaslik, tashish va saqlashga noqobilligi, shuningdek, ma’lum ijrochiga
bog‘liqligi kabi maxsus omillar bilan ham harakterlanadi. Texnik
nazorat
mavjud va iste’molga yaroqsiz mahsulotni aniqlash va qayta ishlashga yuborish
mumkin bo‘lgan sanoatdan farqli ravishda turistik xizmatlar
qanday sifatda ishlab
chiqarilsa, shunday qabul qilinadi va bu sifatga moddiy baza, resurslar,
texnologiyalar, infrastruktura va boshqalar kabi ko‘pgina bevosita va bilvosita
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Turmahsulot sifatini iste’molchi baholaganda ishonchlilik,
xavfsizlik, axborot ishonarliligi, ruhiy qulaylik kabi xususiyatlar ham muhim
ahamiyatga ega.
Turistik xizmat ko‘rsatish sayohatda, ovqatlantirishda, sport va ko‘ngil
ochish tadbirlarida turli ehtiyojlarning butun kompleksini qondirishi lozim.
Dasturiy
turlar davomida davolanish, ish uchrashuvlari, safarlar kabi maxsus
ehtiyojlar ham ko‘zda tutiladi.Xizmat ko‘rsatish sifatiga yuqorida sanalgan
omillardan tashqari taklif etiladigan xizmatlar ko‘lami ham ta’sar qiladi. O‘z-
o‘zidan xizmatlar ko‘lami sifatni ta’minlamaydi. Bunda xizmatlar va mahsulotlar
kompleksliligi, ularning ma’lum iste’molchiga yo‘naltirilganligi, shuningdek,
473
xizmat ko‘rsatish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar o‘z vaqtida yetkazilishi
zarur.
Turizm resurs sifatida tabiiy-iqlimiy, madaniy-tarixiy
va qabul qilinishi
jarayonida odamlarga estetik, hissiy, ruhiy tomondan ta’sir qila bilishi lozim.
Psixologik omillarning ta’sir qilishi sifatni baholashga subektiv yondashuv
elementlarini kiritishi bilan «xizmat ko‘rsatish sifati» tushunchasi mohiyatini
kengaytiradi va qiyinlashtiradi.
Sifat kriteriylari turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli faoliyatlarni
tasvirlaydigan ko‘rsatkichlar tizimi orqali izohlanadi va bu ko‘rsatkichlar
yordamida turizm industriyasining turli korxonalari faoliyatini solishtirishimiz
mumkin.
Mehmonxona uchun bunday ko‘rsatkichlar - turistlarni joylashtirish tezligi,
nomerlarning xizmat ko‘rsatish klassiga mos kelishi,
barcha mehmonxona
xizmatlarining aniq ishlashi, jamoat joylari hamda nomerlar tozaligi, qo‘shimcha
xizmatlar eng asosiysi, turistlar tomonidan noroziliklarning yo‘qligi kabilar bo‘lishi
mumkin.
Ekskursion xizmat ko‘rsatishda sifatning asosiy ko‘rsatkichlari -bilish,
ma’lumotlarning to‘liq va ishonchliligi, estetika, yo‘nalish optimalligi, nutq
madaniyati va ekskursovod malakasi bo‘lishi mumkin.Turizmda tur sifatini
xizmatlar tarkibi,
darajasi, dasturi va animatsion yondashuv, gid malakasi
belgilaydi.
Turoperator faoliyatining ahamiyatli jihati shundaki, iste’molchiga tur
sotilganidan keyin turist bilan munosabat tugamaydi. Yo‘nalishda turistlar oldindan
puli to‘langan xizmatlarni oladilar. Turoperatorlar ko‘zlanayotgan xizmat ko‘rsatish
darajasiga mos ravishda tur narxini aniqlar ekanlar, aynan o‘sha xizmatlar
(boshqalarini emas) ko‘rsatilishini kafolatlash shart.
Xalqaro turizm bozori allaqachon talabning darajalanganini tan oladi. Boylar
uchun qimmat xizmatlar ko‘rsatadigan turlar; boy bo‘lmaganlar uchun - iqtisodiy
turlar; buvilar, bobolar va ularning
nabiralari uchun sayohatlar; o‘smirlar uchun
avtobus sayohatlari; faqat ayollar uchun yaxta va sollarda sayohatlar;
chekmaydiganlar uchun toza havoga safarlar; erkaklar uchun ov, baliq ovi va
boshqalar. Maxsuslashtirilgan turlarni tashkil etish yo‘nalish
va xizmatlarining
tematik mosligi va xizmat ko‘rsatish dasturining optimalligini chuqur ishlab
chiqishi lozim
Turistlarga xizmat ko‘rsatishda turistlar bilan ishlaydigan gid malakasi katta
ahamiyatga ega, chunki aynan shu odam o‘zining shaxsiy ishtiroki bilan xizmat
ko‘rsatish sifatiga javob beradi. Gid yuqori malakadan tashqari, xizmat ko‘rsatish
dasturi va u yoki bu xizmatlar turi o‘zgarishi ehtimollari bo‘yicha to‘la
ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: