474
21.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
22.
Mahsulot va xizmatlar sifati deganda nimani tushunasiz?
23.
Turistik xizmat ko‘rsatish sifati tushunchasini aniqlang.
24.
Turoperator ishi sifati ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
VI.Mavzu.Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari
Reja:
6.1. Turistlarni joylashtirish vositalari.
6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
6.3. Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
6.1.Turistlarni joylashtirish vositalari.
Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning umumiy qabul
qilingan ta’rifi
mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba’zan)
turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob’ekt»larni shundaylar deb
hisoblasa bo‘lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
- kollektiv (KJV);
- individual (IJV).
BTT ekspertlari fikricha, turistlarni kollektiv
joylashtirish vositalari
«sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab qolishga joy berishi mumkin
bo‘lgan ob’ekt» sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila
birligi a’zolari sonidan kam bo‘lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat
tipidagi yagona rahbariyatga bo‘ysunishi lozim.
KJV mehmonxonalar
va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa
kollektiv binolarni o‘z ichiga oladi.
Joylashtirish vositalari ma’nosi turli davlatlarda
turlicha talqin qilinishi
mumkin: bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi,
ikkinchi bir davlatda
umuman bo‘lmasligi mumkin. O‘zbekistonda 2000 yil yanvardan boshlab
mehmonxonalar yulduzli klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‘rtta
guruhga ajratiladi:
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar:
- mehmonxonalar;
- pansionatlar;
- plyaj mehmonxonalari;
- nomerlari bor klublar;
- mehmonlar uchun uylar;
- boshqalar.
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:
- turistik bazalar;
- arzon (budjetli) mehmonxonalar;
- turistik kempinglar;
- turistik qishloq (uylar guruhi);
- bungalo;
- ijtimoiy turizm korxonalari;
- boshqa joylashtirish vositalari.
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari:
- davolash mehmonxonalari;
- mehnat va dam olish lagerlari;
475
- joylashtirishning transport vositalari;
- mehmonxona;
- boshpana, chaylalar;
- alpmehmonxona.
IV. Xususiy joylashtirish vositalari:
- xususiy uylar (mehmonxona);
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish;
- boshqalar.
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi
BTT tomonidan
tavsiya etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‘lib,
turistlarga sayohat bilan bog‘liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki,
turist oddiy
mehmonxonadan foydalansa bo‘ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi
sharoitlar bo‘lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‘rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud:
1. Joylashtirish;
2. Ovqatlantirish;
3. Hordiq chiqarish;
4. Maishiy xizmat ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: