Mavzu: Mehmonxona xo’jaligini rivojlantirishda brending.
Reja:
Kirish
Brend va brending mazmuni va mohiyati.
Mehmonxona xo’jaligini brendingni tutgan o’rni.
O’zbekiston Hilton mehmonxona faoliyati tahlili.
Hilton mehmonxona faoliyatini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida mustahkam o’rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarida ulkan mehmonxona zanjirlariga tegishli mehmonxonalar mavjud. O’zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona zanjirlari O’zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda.Ko’pgina shaharlarda asosan poytaxtda dunyoning ulkan mehmonxona zanjirlari nomi paydo bo’lyapti. Bu ishdan maqsad – dunyoning asosiy mehmonxona zanjirlarini o’rganish. Mehmonxona zanjirlari qanday tashkil topganligi, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ularning obro’si va nufuzi, kelajakdagi istiqbolini qandayligini aniqlash. Xizmatning qanday sifatda ko’rsatilishi qaysi mehmonxona zanjiriga tegishligiga xizmat qiladi.
Ma’lumki har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznes sohasida yangi rivojlanish yo‘llari ortib bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishning bugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasini takomillashtirish, shuningdek korxonalarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘llarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni rivojlanishini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, bu yilgi sinovlarga qaramasdan, O‘zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi.
Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferentsiyalari - “GSP ” tizimini tatbiq etish bo‘yicha, muhim qadamlar tashlandi. Ushbu tizim kelgusida respublikamizda ishlab chiqariladigan 6 mingdan ziyod turdagi mahsulotlarni Yevropa bozoriga boj to‘lamasdan olib kirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, birgina to‘qimachilik mahsulotlarining yillik eksportini 300 million dollarga oshirish uchun sharoit yaratadi.
Joriy yilda mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
Bu yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o‘rta korxonalar hamda infratuzilma ob'yektlari barpo etildi. Jumladan, “Navoiyazot”da ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning pandemiya davri va pandemiyadan keyingi iqtisodiy chekinishlar davrida ham yaxshi ushlab turilishi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minladi.
Bu ko‘rsatkichlarga erishishda iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblikning kuchayishi muhim ro‘l o‘ynadi.
Korxonalarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish natijasida korxonaning maqsadlari marketing maqsadlari bilan o‘zaro bog’liqlikda bo‘ladi va rejalar izchil tarzda ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Shuning uchun ham kurs ishi mavzusi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Har qanday korxona iqtisodiyotda samarali harakat qilish uchun o‘zining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘llarini tanlab olishi lozim. Bunda korxonaning imkoniyatlari bozor talabiga muvofiqlashtirilib, marketing strategiyasi asosida bozorni tadqiq qilish va istiqbolini belgilash, tovar va iste’molchilarni hamda raqobatchilarni segmentlash asosida ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda yirik korxonalar marketing tadqiqotlari natijalari o‘z muvaffaqiyatlarining garovi deb bilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |