482
11.
Mehmonxonalar va anologik korxonalarga nimalar kiradi?
12.
Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalariga nimalar kiradi?
13.
Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari nimalarga asoslanib aniqlanadi?
14.
Xususiy joylashtirish vositalarining ahamiyati nimalardan iborat?
15.
Turistik mehmonxonalarda qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?
16.
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi nimalarga asoslanadi?
17.
Turistlarga xizmat ko‘rsatadigan qanday ovqatlantirish korxonalarini bilasiz?
18.
Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‘yicha qanday xizmatlarga bo‘linadi?
VII.Mavzu: Transport xizmatini tashkil etish
Reja:
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko‘rsatishning mazmuni.
7.2.Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi.
7.3.Avtobuslarda turistlarni tashish.
7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish.
7.5.Turistlarni hayvonlar yordamida tashish.
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko‘rsatishning mazmuni.
Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni — tashish
xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni
ko‘zlaydi.
Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini
bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun
mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi.
Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari
bilan mustahkamlangan
huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari
tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‘lovchi
tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga
oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-
e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining
kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va
qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez
eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar
poyezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‘lishiga,
shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy
etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global
tizimlarida va chiptalar
sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter
483
dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli
axborot tizilari ishlab
chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish
elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z
ifodasini topmoqda.
Muayyan transport tuzilmalari o‘rtasida hamda har bir transport turi
doirasida yo‘lovchi tashuvchilar o‘rtasidagi raqobat kurashi yo‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati va
darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning
hozirgi texnik jihozlanishida,
yo‘lovchilarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari
bortida yo‘lovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yo‘lovchilarni ovqatlantirish
sifatining oshishida, transport kompaniyalarining
doimiy mijozlari uchun
rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida namoyon bo‘lmoqda. Yo‘lovchi
tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshqa toifa
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga
oshirmoqdalarki, bu yo‘lovchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli
qondirish uchun
imkoniyat yaratmoqda.
Turli transport tizimlari o‘rtasida yaqin hamkorlik transport xizmatlari
ko‘rsatish sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu multimodal vokzallar
tashkil etish, qatnov jadvallarini muvofiqlashtirish,
transport xizmatlarini
uyg‘unlashtirish va yo‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: