481
tartibiga qarab ham ajratiladi.
Texnik jihozlanishi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning
arxitektura-badiiy
jihatdan
bezatilishi,
narxlar,
joylashgan
joyi,
avtomatlashtirilganlik darajasi va korxonaning boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra
ovqatlantirish turizmi industriyasi korxonalari kategoriyalariga ajratiladi.
Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat ko‘rsatish darajasini belgilovchi
farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi bilan belgilanadi.
Yuqori
kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli hisoblanadi.
O‘rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o‘tmagan korxonalar
eski kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O‘zbekiston Respublikasining
sertifikatsiyalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni
tashkil etilishiga qaratilganini e’tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to‘liq
bo‘lmaydi. Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur
kaloriyali taomlar bilan ta’minlaydi, balki ko‘ngil
ochish va yorqin unitilmas
taassurotlar olish imkonini ham beradi.
Ko‘pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish
maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar
chog‘ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‘p hollarda folklor
bayramlari ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo‘lganda,
masalan, pivo muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‘lishni esa
«passov a tapeo» siz, ya’ni barlar bo‘ylab sayr vino va pivoga qo‘shib beriladigan
gazaklarni tatib ko‘rishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turistlarda etnografik
restoranlar va kafelar katta qiziqish uyg‘otadi. Ulardagi milliy ichki joziba,
orastalik, ofitsiantlar kiyimi,
orkestr repertuari, taklif qilinadigan taomlar va
ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi. Milliylikdan tashqari,
ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin: bank
o‘ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash markaziy
mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish
marketing tadqiqotlari
va san’at uyg‘unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat sharoiti
mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali
menejerlari ko‘pincha o‘z funksiyalariga tayanadilar.
Mavzular
tanlash
hamisha
ma’lum
qaltisliklar
bilan
kechadi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchralganda uni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday
vaziyatlarda odatda restoranlar lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan
cheklanishmaydi. Ular binoni to‘liq rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar
yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona jihozlari buyuradilar.
Tanlangan
mavzuga doir tegishli ko‘ngil ochar dasturlar o‘ylab topadilar. Odatda bunday qayta
qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha moliyaviy reja ishlab
chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: