Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 
24 
Saharmardonda futbol maydon taraf chopaman. Fizika bilagimdan ushlab qoladi. 
— Dalada... o‘sha dalada... — deydi. O‘sha dala taraf chopaman. 
Tutkunda ostidan bayroq bilan janda choponni olaman. 
O‘qariq bo‘ylab qadamlayman-qadamlayman—dala qoq boshida oyoq ilaman. 
Salqin sabolar etimni uvushtiradi. 
Shunda, elas-elas samolyot ovozi eshitaladi. 
Xiyol o‘tadi — samolyot o‘zi keladi. Samolyot dala uzra bir aylanib qaytadi. 
Samolyot endi meni mo‘ljallab keladi. 
Men apil-tapil janda cholonni yopinaman. Bayroqni oldin yelkamga olaman. Undan boshim uzra 
ko‘taraman. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
Bayroq og‘irligidan dalbanglab-dalbanglab olaman. 
Bor kuchim bilan kuchanaman. Tishimni tishimga bosaman. Ost labimni tishlab olaman. Yuzlarim 
lov-lov yonib turaman. 
Janda chopon teshiklaridan mo‘ralayman — samolyot meni nishonlab keladi. 
Samolyot bayroqqa tegayin-tegayin deya uchadi. Samolyot tizz-tizz dori sepib-sepib uchadi. 
Men janda chopon yirtiqlaridan uchuvchini ko‘raman. 
Samolyot ko‘tarila-ko‘tarila olislaydi. 
Men janda chopon ichidan kallamni chiqaraman. 
Dimog‘im shunday bir zaharda qoladi, shunday zaharda qoladi! 
Men kuchanib-kuchanib o‘qchiyman. Tomog‘imdan bir nima ana otilib chiqayin deydi, mana otilib 
chiqayin deydi. 
O‘qchiy berib-o‘qchiy berib, ko‘z oldim qora bo‘ladi... 
Ohista-ohista o‘zimga kelaman. Tevarak-boshimga nazar solaman. 
Janda chopon sap-sariq bo‘ladi. O‘qariq bo‘ylari sap-sariq bo‘ladi. G‘o‘za barglari sap-sariq 
bo‘ladi. 
Men bayroqchi bayonini karaxt-karaxt yodlayman: YaK-12 samolyot dori sepsa — naqd sakkiz 
qadam sanab tashlanadi. AN-2 samolyot dori sepsa — naqd yigirma uch qadam sanab tashlanadi. 
Men chap taraf uzun-uzun qadamlayman. Sanab-sanab qadamlayman: 
— Bir, ikki, uch... 
Roppa-rosa yigirma uchinchi qadamda oyoq ilaman. 
Boisi — bizning samolyot AN-2 bo‘ladi. 
Men yigirma uchinchi qadamda bayroq ko‘tarib tura beraman. 
Samolyot boshim uzra tizz-tizz dori sepib o‘tadi. 
Men ohista-ohista samolyotga el bo‘laman. 
Men endi qabatma-qabat dalaga o‘tib turaman. 
Samolyot bir sidra tizillatib o‘tadi... 
Quyuq g‘o‘zalik-quyuq g‘o‘zalik dalalarda ikki bor dori sepiladi. Boisi —ilk dori g‘o‘za ust-ust 
barglarida qoladi. Qayta dori esa g‘o‘za osti barglarigachayin tushib boradi. 
Ushbu dala ana shunday dala bo‘ladi. 
Shu bois — men joyimda qimir etmay tura beraman. 
Samolyot ikki sidra dori sepib o‘tadi. 
Men janda choponni silab-silab ko‘raman — kaftlarim binoyidak ho‘l bo‘lmaydi. Men g‘o‘za 
barglarini ushlab-ushlab ko‘raman — barmoqlarim binoyiday ho‘l bo‘lmaydi.
Shu bois, bayroq dastasi uchidan ushlayman. Bayroqni to‘ntarib olaman. Bayroq oq-qizilini 
oyoqlarim oldiga to‘ntarib turaman. Bayroqdasta uchini peshonamga tekkizib turaman. 
Ushbu holat mana bunday deydi: 
«Samolyot binoyiday dori sepolmayapti, 
samolyot binoyiday dori sepolmayapti!» 
Uchuvchi bayroq tilini uqib oladi. 
Samolyot boshim uzra tag‘in bir sidra tizillatib o‘tadi. 
Bu safar binoyiday sepadi. 
Kun tutlar uchini chalib ketadi. Nam salqindan fayz ketadi. 
G‘o‘za oralab-g‘o‘za oralab kelaman — ust-boshim shudring bo‘lmaydi. Barg siypalab-barg 
siypalab kelaman — kaftlarim shudring bo‘lmaydi. 
Shu bois, bayroqni boshim uzra aylantiraman. Chapdan o‘ngga aylantiraman. Doira suvratida 
aylantiraman: 
«Barglarda shudring yo‘q — dori sepmang, 
barglarda shudring yo‘q — dori sepmang!» 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish