www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
Qani, yoz!
— Men hali umrimda qo‘limga o‘n ming so‘m pul ushlagan emasman, katta.
— Bilaman, Afrika ola eshagi! Bilaman, Afrika qaysar eshagi! Sen raisimizga o‘n ming so‘m
berdim, deb yoz — bo‘ldi!
Men qog‘oz muztar bo‘lib-qog‘oz muztar bo‘lib o‘tira berdim.
Qalamni qo‘limga-da olmadim!
— Soat to‘rt bo‘layapti, hademay tong otadi! Bo‘l, baran, bo‘l!
Men ko‘zim ketib-ko‘zim ketib o‘tira berdim. Ivan Ivanovich betimga shama sepib tashladi. Men
seskana-seskana ko‘z ochdim.
— Raisimizga o‘n ming so‘m berdim deb, qog‘oz qoralab ber — bo‘ldi!
Men yo‘q deya-yo‘q deya, bosh chayqadim.
— Uh, Afrika ola eshagi! Uh, Afrika qaysar eshagi!
Ivan Ivanovich o‘ng biqinim oralatib-oralatib tepdi.
Ivan Ivanovich chap biqinim oralatib-oralatib tepdi.
Ivan Ivanovich chatanoqlarim oralatib-oralatib tepdi.
22
Ivan Ivanovich nazorat etib turdi. Do‘xtir ayol madda-madda yaralarimni moy doriladi.
Do‘xtir ayol qon-qon yaralarimni ko‘k doriladi. Do‘xtir ayol momataloq-momataloq yaralarimni
yod doriladi.
Do‘xtir ayol... badanlarimni qaradi-qaradi... piq-piq yig‘ladi...
— Nega yig‘layapsiz? — dedi Ivan Ivanovich. — Nima bo‘ldi, Nina Sergeevna?
Do‘xtir ayol og‘iz bekitib-og‘iz bekitib yig‘ladi.
— Men... men O‘zbekistonda besh-olti yil ishlab edim, — deya yig‘ladi. — Bechora xalq-a,
bechoragina xalq-a...
— Shu baranlarni nimasiga kuyasiz? Bari haromtomoq, bari boqimanda!
— O‘zbekiston unday emas... O‘zbeklar unday emas...
23
— Dalilingiz bordir-da: raisimizni qulf-kalit etib o‘tiribsiz?
— Bo‘ladi, dalil bo‘ladi!
— Unda, meni beyoziqdan-beyoziq bandi etmang-da? Men bola-baqram oldiga borayin-da?
— Yo‘q! Men Ivan Ivanovichman! O‘zlaringni o‘z qo‘llaring bilan yo‘q qilaman! Birovingni
ko‘zingni birovingga o‘ydiraman! Birovingni kallangni birovingga yediraman! Birovingni joningni
biroyingga oldiraman! O‘zim esa — pok-pokiza bo‘lib qolaman! Bu yo‘l — Ivan Ivanovich Ivanovlar
yo‘li!
— Xudo xayringizni bersin, beyoziqdan-beyoziq...
— Eshak semirsa oxurini bulg‘aydi, deydilar! Sen baranlar mazaxo‘rak bo‘lib qolding,
mazaxo‘rak! Sen baranlar qorning to‘yib qoldi! Shunday keta bersalaring — qanjiq itday bolalab bora
berasanlar! Ana, ko‘z ochib yumguncha yigirma milliyon bo‘ldilaring! Yigirma milliyon xalq-a! Sen
boqimandalarga nonni qaerdan topamiz! Yo‘q, biz yigirma milliyon boqimandani boqmaymiz! Baliq
boshidan sasiydi, boshidan! Yigirma milliyonni bosh-boshliqlaringdan boshlab kamaytiramiz! Bosh-
boshlaringdan boshlab kamaytiramiz!
O‘z-o‘zidan ko‘nglim ozdi. Yuragim behol bo‘ldi. Ko‘zlarim tindi.
Suv, deyin dedim — holim kelmadi.
Oldimda turmish piyola uzaldim. Choyqoldiqni og‘zim oldim.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |