www.ziyouz.com
kutubxonasi
148
deyapsanlarmi? Kechirib qo‘yasanlar, kechirib! Men — Ivan Ivanovich Ivanov, to‘rt yarim milliardni
jig‘ildonlaringdan sug‘urib olaman! Tiyinma-tiyin sug‘urib olaman!
— O‘ynab qo‘yay, ishlasa — xalq ishlabdi, yesa — xalq yebdi-da.
— Xalq ishlabdi? Sen o‘zbeklar o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q — xirmonda hozir xalqsan! Sen
o‘zbeklar boqimanda baransan! Sen o‘zbeklar Maskov hisobiga kun ko‘rasan! Maskovdan kattalar
borsa — zar chopon kiygizasan, cho‘ntagiga pora tiqasan. Ana, general Churbanov Baranistonda bir
bo‘lishida to‘qqiz yuz so‘mlik zar chopon kiyib keldi, o‘ttiz ming so‘m pul olib keldi!
— O‘ynab qo‘yay, Churbanov cho‘z, debdiki — o‘zbak cho‘zibdi.
— Maskovdan katta borsa bo‘ldi — oldiga olma-anor qo‘yasan, qo‘y so‘yib qo‘yasan.
— O‘zbak mehmondo‘st el, katta.
— Laganbardor el! Evaziga Sho‘ro hukumati ko‘zini bo‘yaydi! Sen baranlar Baranistonni o‘zida
qanoatlanib qolmaysanlar. Ko‘chaga chiqsang bilasan — do‘konlarda minglab olado‘ppi baranlar
izg‘ib yuribdi. Olado‘ppi baranlar do‘konda ko‘ziga nima ko‘rinsa bo‘ldi — ola solib xaltasiga tiqadi-
da, Baranistonga orqalab ketadi.
Shu vaqt telefon jiring-jiring etdi.
Ivan Ivanovich telefonda olis gapirishib oldi.
— Ana, baran, — dedi. — Raisingni ishini talab etishayapti. Bo‘l-bo‘l, deyishayapti. Sen bo‘lsa —
o‘jar eshak bo‘lib o‘tiribsan!
Men nomamdan umidvor bo‘ldim. O‘zimni orqaga tashladim:
— O‘ylayapman, — dedim. — Aytaman, o‘zim aytaman.
— Bo‘pti, tag‘in bir o‘yla.
18
— ...Qaytarib aytaman, baran: bu yerda Xudo ham men, payg‘ambar ham men!
— Gektaridan ellik tsentnerdan paxta bergan yillarim-da bo‘ldi...
— Eshakni xizmati halol — o‘zi harom!
— Meni-da arz-dodimni eshitar odam bordir...
— Zax zindonda dodingni kim eshitadi, kim?
— Noma bitib edim. Halizamat yo‘qlaydi...
— Noma? Qachon-qachon?
— Uch-to‘rt oy bo‘lib qoldi.
— Uch-to‘rt oy, uch-to‘rt oy...
Ivan Ivanovich o‘zicha shunday deya-deya, po‘latsandiq ochdi.
Sandiqdan bir dasta xatjild oldi. Oldimlatib tashladi.
— Ana! — dedi, —shular ichidan o‘z nomangni top qani!
Men bitta-bittalab xatjild qaradim. Nihoyat — o‘z nomamni topib oldim. Yuragim shuvv etdi!
Nomam termulib-termulib qoldim...
— Topdingmi? Qani, ber qani, ochib o‘qiylik qani, — dedi Ivan Ivanovich. — Xo‘-o‘sh...
«Maskovga. Kremlga. Lenin mavzoleyiga! O‘rtoq Lenin! Siz bizning yakkayu yagona panohimizsiz,
xaloskorimizsiz, o‘rtoq Lenin! Otamiz-da siz, enamiz-da siz, emchakdoshimiz-da siz»...
Ivan Ivanovich ket chalqayib-ket chalqayib kuldi.
Ivan Ivanovich qorin ushlab-qorin ushlab kuldi.
Ivan Ivanovich ko‘z yoshlab-ko‘z yoshlab kuldi.
— Chexov bo‘l-e, Chexov! — deya ko‘z artdi. — Chexov qahramonlari bobom qishlog‘iga, deb
noma bitadi-yu? Sen ham Lenin bobom mavzoleyiga, deb bitibsan-da? «Osiyo ustida bo‘ron» degan
bir kinolaring bor edi, esingdami? O‘shanda senday bir baran Leninga noma bitadi. O‘sha, baran oti
nima edi...
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |