www.ziyouz.com
kutubxonasi
149
— Shukur Burhonov.
— Yo‘-o‘q, sen o‘sha baranni o‘ynagan ijrochini aytayapsan. Oti... oti Yusuf Yalangto‘sh! Yusuf
Yalangto‘sh ertayu kech Lenindan javobnoma qaraydi... qaraydi! Lenin bo‘lsa, Kremlda o‘tirib...
Turkistonni zabt etish yo‘llarini o‘ylaydi! Yusuf Yalangto‘shday bosmachi baranlarni qirib tashlash
yo‘llarini o‘ylaydi! O‘shanda yigirmanchi yillar edi. Qara, shuncha yil o‘tibdi — sen o‘zbeklar haliyam
barandan odamga aylanmabsanlar!
— Sabr tagi oltin, deydilar. Meni-da boshimga oftob tegib qolar.
— Oftob? Qanday oftob? E, ha, oftob bo‘lsa oftob-da!
Pvan Ivanovich nomamni boshim uzra oshirib otdi.
— Ana, boshingga oftob tegdi, ana! — dedi. — Ura-a-a, baranlar boshiga oftob tegdi, ura-a-a!
Ivan Ivanovich papiros ezg‘iladi. Lablariga papiros qistirdi. Chirsillatib gugurt chaqdi.
Ivan Ivanovich burqsitib-burqsitib papiros tortdi.
— Quloq sol, baran, —dedi. — Sen Leninga noma bitib ahmoq bo‘lma. Yaxshilab eshitib ol. Chin,
bu joylar Sho‘ro zindoni, deb ataladi. Aslida esa unday emas. Bu joylarni «Qizil zona», deydilar.
«Qizil zona»ning o‘z qonun-qoidalari bo‘ladi. Zindon ana shu «Qizil zona» qonun-qoidalariga
bo‘ysunadi. «Qizil zona»da Lenin yo‘q! «Qizil zona»da Sho‘rr hukumati yo‘q! «Qizil zona»da adolat
yo‘q! «Qizil zona»da inson or-nomusi, inson shon-shuhra-ti, inson qadr-qimmati... yo‘q, yo‘q! Tag‘in
yo‘q! «Qizil zona» o‘z nomi o‘zi bilan — qizil, qizil! Qizil rang — qon rang! Qon rang bilan
o‘ynashma, baran, qon rang bilan o‘ynashma! Aks holda — qizil qoningga bo‘yalasan! Aks holda—
qizil qurbonlik bo‘lasan, qizil qurbonlik!..
19
— Mayli, aytma. Sen aytmasang ham o‘zim topib olaman, — dedi Ivan Ivanovich. — Topib
olayapman, bundan keyin ham topib olaman. Ana shunda o‘sha oltinlar bilan peshonangga bir uraman-
da, manavi oltin bo‘lmay... deyman!
— Shunday qiling, katta, shunday qiling!
— Qilaman, qilaman! Men seni manavinday irib-chirib yotmagin, deyman-da.
Ivan Ivanovich qalam uchi bilan qo‘lim yuzi yaramni bosdi. Bosib-bosib turdi!
Yaramdan bilq-bilq yiring toshdi!
Yaram lo‘q-lo‘q og‘ridi! Yaram zirq-zirq og‘ridi!
Men apil-tapil yaramni tortib oldim.
— Ana, baran, ana! — dedi Ivan Ivanovich. — Ana shunday irib-chirib o‘lib keta berasaimi?
Mayli, oltinlarni aytma. Kel, yaxshisi — men senga bor-yo‘g‘i bir savol berayin — sen ikki og‘iz gap
bilan javob ber-da, qutul. Kelishdikmi?
— Oldin ayting, qani? Eshitaylik, qani?
— Xo‘-o‘sh, raisingga qancha pora bergansan?
— Pora? Qandaychikin pora?
— Qachon bergansan, nimaga o‘rab bergansan, necha so‘mlik edi?
— Umrimda birovga-da pora bermadim, birovdan-da pora olmadim.
— Bilaman, senga pora beradigan ahmoq yo‘q, bilaman, Lekin sen pora bergansan!
— Birovga-da pora bermaganman, deyapman-ku.
— Bergansan!
— O‘lla o‘layin agar-a, pora bergan bo‘lsam-a!
— Bergansan! Sen — raisingga uzatasan, raising — tumaningga uzatadi, tumaning — viloyatingga
uzatadi, viloyating — Markazkomga uzatadi!
— O‘lla o‘layin, birovga pora bergan bo‘lsam-a!
— Qattalarga bir nima uzatmasang... qanday qilib brigadir bo‘lding?
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |