www.ziyouz.com
kutubxonasi
145
bo‘ladi, shunday qaynoq bo‘ladi!..
Tanamda qaltiroq qo‘zg‘aldi. Bor es-hushim junbishga keldi. Tilim kalovlanib-kalovlanib qoldi.
— Men... men «dushman» emasman, — dedim. — Qo‘sha-qo‘sha orden-nishonlarimiz bor. Uktabr
ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni...
— Demak, laycha ekansan-da, churban? Zindonda orden-nishondorlarni laycha, deydi.
—Laychalardan zindonbandlar jirkanadi, churban. Aslo orden-nishondorman, dema — tayoq yeb
o‘lasan!
— Tavba qildim, menda orden-nishon yo‘q, tavba qildim! — deya talvasada qoldim. — Orden-
nishon terimchi enamizda bor.
— Baribir! Orden-nishon otini ayta ko‘rma — o‘lib ketasan!
— Mana, men — Sho‘ro Ittifoqi Qahramoniman, ha, Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni!
Ishonmayapsanmi? Ana, «Sadist»dan so‘ra.
— Chin, «Sokol» Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni. Qandahorni bilasan-a? «Sokol» ana shu Qandahorni
kunpayakun etishda qatnashdi. Qandahorni misoli ikkinchi Stalingrad etdi! Qandahorni kunpayakun
etishda ko‘rsatgan jasorati uchun Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni bo‘ldi.
— Ana, eshitdingmi, churban? Meni Afg‘onda «Sokol» deyishar edi —«Sokol!»
— Qulluq, «Sokol»boy, qulluq.
— Men umrimda chekkan emas edim, men umrimda ichgan emas edim. Ana shu Afg‘onda
o‘rganib keldim. Ittifoqqa kelsam — bariyoq qup-quruq! Nimaga bunday, dedim. Ichkilikka qarshi
kurash boshlandi, dedi. Bu ahmoqchilik kimdan chiqdi, dedim. Markaziy Qo‘mita kotibi
Ligachyovdan, dedi. Qaerda o‘sha Ligachyov — hozir bo‘g‘ib o‘ldiraman, dedim. Ligachyovga
qo‘ling yetmaydi — Ligachyov Kremlda, dedi. Unda aroqdan ber — men Afg‘onda qon kechib
keldim, dedim. Aroq yo‘q, dedi. Bir shishagina aroq qidirib shahar kezdim! Barida shu gap bo‘ldi!
Men kim, daydi it kim — bilib bo‘lmadi! Oxiri bir do‘konchi yoqasidan oldim. Men nomi ulug‘,
suprasi quruq Sho‘ro Ittifoqi uchun jon olib, jon berdim — bir shishagina aroq ber, dedim. Do‘konchi
melisa chaqirdi. Ikkita mishiqi melisa kelib, qo‘llarimni qayirdi. Tayoqchasi bilan kallamga urdi. Urma
meni, dedim-da — birovini ariqqa otib yubordim. Keyin bilsam — o‘lib qolibdi.
14
— Shu ko‘rgiliklarni ko‘rishimni bilsam edim — Afg‘ondan qaytib kelmas edim. Afg‘on qirib
yura berar edim.
— Bo‘lmadi— Gorbachyov qaytarib keldi. Gorbachyov bo‘lmasa edi — «dushman»larni bitta
quymay qirib tashlar edim.
— Keyin, Afg‘oniston ham o‘zimizniki bo‘lib qolar edi.
— Haliyam o‘zimizniki. Ana, 1973 yilda Muhammad Dovud qo‘li bilan Zohir Shohni taxtdan
qulatib, ikki yuz yillik Afg‘oniston shohligiga barham berdik. Muhammad Dovud gapimizga kirmay
berib edi — 1978 yilda bir kechada yo‘q qildik. Taxtnn Nurmuhammad Taraqqiyga olib berdik!
— Hafizulla Amin gapimizga kirmay berib edi — 1979 yilda o‘ldirib yubordik! Taxtga Babrak
Karmalni olib kelib qo‘ydik.
— Babrak Karmal Maskov o‘tir desa o‘tirmadi, tur desa — turmadi. Ammo Karmalni ayadik. 1986
yilda Ittifoqqa olib keldik. Bir kulbaga nazarbandi etdik. Karmal xudo bexabar nazarbandi bo‘lib yota
berdi.
— Taxtga Najibulloni qo‘ydik, de.
— Najibullo Maskovga sodiq ishlayapti. Najibullo vafodor laycha ekan.
— O‘zi, Afg‘oniston o‘n oltinchi jumhuriyatimiz bo‘lishi kerak edi.
— Bir hisobga o‘n oltinchi jumhuriyatimiz bo‘lmaganiyam yaxshi bo‘ldi. Mana, manavi
churbanlarni Sho‘ro hukumati shuncha yil boqdi — bari bir tuzemetsligicha qoldi!
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |