www.ziyouz.com
kutubxonasi
142
— Har bandani bekitiqcha topgan-tutgani bo‘ladi.
— Bo‘ladi, shunday, bo‘ladi.
— Ha, ana! Har bandani bir yomon kunimga yaraydi deb bekitib qo‘ygan bisot-boyligi bo‘ladi...
— Bor, bizda-da bor.
— Ha, yasha! Ana shularni ayt! Qani-qani?
Men barmoq yumib sanab-barmoq yumib sanab aytdim:
— Oqtuproq dalam — bir, sho‘rtuproq dalam — ikki, qumloq dalam — uch...
— Yo‘q-yo‘q, men mol-dunyo ma’nosida aytayapman?
— Katta, dehqonda daladan bo‘lak mol-dunyo pishirib yeydimi? Dehqon davlati — yer!
— Chin, chin.
— Chin bo‘lsa, chin-da. Dehqon davlati — yer-da! Men deraza bet burib oldim.
Men mum tishladim.
Ivan Ivanovich ejakilab-ejakilab so‘radi.
Men mumdan-mum tishladim.
Ivan Ivanovich qaradi-qaradi — toqati toq bo‘ldi. Vishsh-vishsh etdi. Bet-boshimlab tupurdi.
— Onag‘ar, baran... — deya vishilladi, Tupurikdan aroq hidi keldi.
Ivan Ivanovich qulochkashlab-qulochkashlab chuydam urdi.
Men zarbdan ag‘nab tushdim.
— Yo‘qol, baran, yo‘qol!!
«Sadist» bilan «Sokol» orasida koptok bo‘lib borib kela berdim-borib kela berdim.
11
Men havoda barmoq yurdirib-barmoq yurdirib oldim.
— Qog‘oz-qalam bering, — dedim.
— Qog‘oz-qalam? — deya ajablandi Ivan Ivanovich. — Qog‘oz-qalamni nima qilasan?
— Yozaman.
— Yozasan? Kimga yozasan?
— Prokurorga yozaman.
— Mana, men prokuror!
— Yo‘q, Bosh prokurorga yozaman.
— Xo‘p, qog‘oz-qalam beraman. Yozuvingni Bosh prokurorga shaxsan o‘zim olib borib beraman.
Undan keyin aytasanmi?
Men yo‘q, deya qayta-qayta bosh chayqadim.
— Men ham odamman... — deya ming‘illadim. Ivan Ivanovich peshonasi tirishdi. Ivan Ivanovich
ensasi qotdi.
— Kim-kim? — dedi. — Odamsan? Sen-a? Sen — gazandasan! Oltinga hirs qo‘ygan gazandasan!
O‘zbeklar — oltinga hirs qo‘ygan gazandalar! Ana, o‘zbeklar kimlar! Oltin — avvalo ilonlarni o‘ziga
rom qiladi. Ilondan keyin, ilonsifat xalqni o‘ziga tortadi. Ilonday ochko‘z xalqni o‘ziga rom qiladi.
Ilonday makkor xalqni o‘ziga rom qiladi. Sen o‘zbeklar ana shunday xalqsan!
Ivan Ivanovich oldida qalashib-qalashib yotmish qog‘ozlarni titdi.
— Davolarimni dalillab beraymi? — dedi. — Dalillayman, dalillayman! Mana, Karimov ishi. Shu
ish yuzasidan bir guruh tergovchilarim bilan Buxoroni bosdim. Qaerda ilon bo‘lsa — o‘sha yerga
e’tibor beringlar, dedim. Oldin, senday bir baranni topdim. Baran otini Said der ekan. Ana shu Said
baran bizni ulkan bir qayrag‘och oldiga olib bordi. Said baran ana shu qayrag‘och ostini kovlamoqchi
bo‘ldi. Shunda, qum uzra seni basharangday bir ola-pes ilon bo‘y berdi! Ilon vishilladi! Ilon bo‘ynini
bo‘qoq qildi! Ilon qop-qora boshlarini adl qildi! Ilon qonun posbonlarini o‘z domiga tortish uchun
shaylandi! Ammo qonun posbonlari-da qarab turmadi, ha, qarab turmadi! Men darhol bilagimday bir
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |