www.ziyouz.com
kutubxonasi
143
temir oldim. Ilon boshlariga boplab bir soldim. Domtortar ilon boshlari majaq-majaq bo‘ldi! Ana
shundan keyin Said baran qayrag‘och ostini kovladi. Qayrag‘och ostidan olam-jahon oltin zeb-
ziynatlar topildi! Ana — o‘zbeklar kimlar! O‘zbeklar qonun posbonlariga ana shu ilon misol qrp-qora
boshlarini ko‘taradi. O‘zbeklar ana shu ilon ko‘zlari bilan boqadi! O‘zbeklar ana shu ilon misol vish-
vish etadi! O‘zbeklar qonun posbonlarini chaqib-chaqib olayin, deydi! O‘zbeklar qonun posbonlarini
domiga tortib-tortib yuborayin, deydi! Ammo biz — o‘zbeklar boshini yanchamiz! O‘zbeklar boshini
ana shu ilon boshlariday yanchib-yanchib tashlaymiz! O‘zbeklar boshini ana shu ilon boshlariday
majaqlab-majaqlab tashlaymiz!
Ivan-Ivanovich yurib-yurib chekdi.
Ivan Ivanovich deraza oldida turib-turib chekdi.
Ivan Ivanovich derazadan tashqari qarab-qarab chekdi.
— Bo‘pti! — dedi. — Men seni odambashara bo‘larmikinsan, deb edim, bo‘lmading, Barandan
ham o‘tding! Eshakmi, to‘ng‘izmi — shunday bir maxluq bo‘lding!
— Gektaridan qirq besh tsentnerdan paxta berdim... — deya manqalandim.
— O-o, javr bo‘pti-ku-a, javr!
— Meni ohimni-da eshitajaklar bordir... — deya manqalandim.
12
Ohimni eshitajak odam topolmadim. Dardimni yutib yotdim-yotdim — bir nimani payqab qoldim.
«Sadist» eshik teshigidan ohista-ohista ovoz berdi:
— «Yula», «Yula»... — dedi.
Birov eshik ortidan keldi. Teshikdan mo‘raladi.
— Nima, nima? — dedi.
— «Yula», qog‘oz-qalam olib kel, — dedi «Sadist».
«Sadist» «Yula»dan qog‘oz-qalam oldi. «Sadist» maktub bitdi. Maktub bukladi. Maktub
xatjildladi.
«Sadist» xatjildni «Yula»dan jo‘natdi. Men-da tavallo etdim.
— Kimga yozasan? — dedi «Sadist».
— Bola-baqralarimga-da?
— Bolalarga bo‘lsa, mayli. Lekin maktub pul bilan bo‘ladi, churban. «Yula» har bir maktub uchun
ozodlikdagi xesh-aqrabolarimizdan pul oladi. Bo‘lmasa, «Yula» bir qadam ham bosmaydi. Maskovda
tanish-bilishlardan bormi? Aytmoqchi, sen churbanda tanish nima qiladi. Mayli, bir xayriya qilaman.
Lekin bir shart bilan qilaman. Shartimni keyin aytaman. Kelishdikmi?
Men mayli-mayli, deya bosh irg‘adim.
«Sadist», «Yula»dan qog‘oz-qalam olib berdi.
Men kimga noma bitishni o‘yladim.
Bola-baqraga arz-dod etib bo‘lmaydi. Arz-dod etganim bilan — bola-baqra qo‘lidan nima keladi?
Zindonbandni bor etgich-da prokuror bo‘ladi, yo‘q etgich-da prokuror bo‘ladi. Ammo —
prokurorga noma bitib bo‘lmaydi.
Ivan Ivanovich prokuror o‘zimman... dedi.
Sharof Rashidovni yo‘qlab noma yo‘llayin dedim — Rashidov bobo olamda yo‘q bo‘ldi. U kishi
bor bo‘lsalar edi — Sharof ota, bandangni qutqar, deya noma bitar edim...
O‘rtoq Brejnevga arz-dod etayin dedim — Brejnev-da yo‘q bo‘ldi.
Unda, dardimni kimga aytar bo‘ldim?
O‘yladim-o‘yladim — ana shunday zotni topdim.
Tilim chiqmishdan buyon ismi sharifini yodlab-yodlab yurmish zotni topdim.
Tilim chiqmishdan buyon ismi sharifini tilimdan-da, dilimdan-da qo‘ymayin yurmish zotni topdim.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |