Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
berarmidi? 
— Beradi! O‘zidan xolis yashirib saqlash uchun beradi! O‘rtoq Jamoliddinov, siz ana shu oltin 
ko‘mmangiz qaerdaligini aytsangiz bo‘ldi — sizga javob berib yuboraman! 
— Menda oltin ko‘mma nima qiladi, katta? 
— Oldin ayting: raisingiz oltinlarni sandiqqa solib berib edimi yo bidonga solib berib edimi? 
— O‘ynab qo‘yay, gaplaringizdan, o‘ynab qo‘yay. Bidonga oltin soladilarmi? Bidonga suv 
soladilar! 
Ivan Ivanovich oldimga bir ro‘znoma olib keldi. Ro‘znoma nomini ko‘z-ko‘z etdi. 
— Ko‘rayapsizmi, o‘rtoq Jamoliddinov? — dedi. — «Sobesednik» ro‘znomasi. Butun dunyo 
o‘qiydi! Endi, «Sobesednik» ichini qaraymiz! 
Ivan Ivanovich ro‘znomani yoydi. 
Ro‘znoma qo‘shaloq betida uyum-uyum oltin tangalar suvrati bo‘ldi. Uyum-uyum oltin uzuklar 
bilan oltin sirg‘alar suvrati bo‘ldi. Qat-qat yuz so‘mlik bilan qat-qat ellik so‘mliklar suvrati bo‘ldi. 
— O‘-o‘-o‘... — deya hushim boshimdan uchdi. — Bular qaerda, katta? 
— O‘zbekistonda, Dehqonqul Aqrabovich, serquyosh O‘zbekistonda! Mana, ostida bitiklariyam 
bor: «Buxoro shahar sanoat mollari savdosi idoraei bosh-lig‘i Shodi Qudratovdan to‘rt yarim million 
so‘mlik oltin pul topildi, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffarovdan bir million 
bir yuz o‘ttiz bir ming... so‘m pul, ikki yuz qirq olti ming... so‘mlik oltin buyumlar topildi»... 
— Ebo-ey, ebo-ey... muncha nimani qanday qilib topdilaringiz? 
Topamiz-da, Dehqonqul Aqrabovich, topamiz-da! Hali sizning oltin ko‘mmalaringizniyam 
topamiz. Mana, qanday qilib topamiz. 
Ivan Ivanovich barmog‘i bilan ro‘znomadan oltin uyumlar ostini nuqidi. 
Nuqilmish yerda bir o‘ra bo‘ldi. 
O‘ra tevaragida beshta bidon bo‘ldi. Ikkita bo‘z-bola o‘radan tag‘in bir bidonni arqon bilan tortib-
tortib olar bo‘ldi. 
Ivan Ivanovich ana shu o‘ra boshida qog‘oz-qalam ushlab turar bo‘ldi. O‘radan bidon tortib olishni 
nazorat etib turar bo‘ldi. 
— Manavi siz-da? — deya barmog‘im bilan nuqidim. 
— Men, kim bo‘lardi, men. Dehqonqul Aqrabovich, ana shu bidonlar to‘la oltin! Endi ayting, sizda 
ana shunday bidonlardan nechtasi bor? 
— Birovgina bidonimiz bor! — deya, shahodat barmog‘imni narraytirib ko‘rsatdim. — Shu 
birovgina bidonimiz-da darang-durung bo‘sh yotadi! Saraton chillasida shugina bidonimizni to‘ldirayin 
deymiz — suv topolmaymiz! Ichgani suv topolmaymiz — oltinni qaerdan topamiz? 
— Siz tushunmayapsiz, Dehqonqul Aqrabovich, tushunmayapsiz. Men sizni oltinlaringiz bor
demayapman. Mana shu bidonlarni sizdayin dehqonlar uyidan topdim. Aslida ular Karimov, Do‘stov... 
degich poraxo‘rlarga tegishlidir! Ana endi tushundingizmi? Siz ana shunday oltin bidonlarni qaerga 
ko‘mib edingiz — shuni aytasiz, bo‘ldi! 
— Aytayapman-ku: birovgina bidonimiz bor — ichida oltini tugul, suvi yo‘q! 
— Aytayapman, aytayapman... Boring, yaxshilab o‘ylang! Marhamatimni yaxshilab mushohada 
eting. Men sizga eng qulay yo‘lni marhamat etayapman. Ertaroq o‘ylab bo‘lsangiz — o‘zingizga 
yaxshi bo‘ladi! 
Ivan Ivanovich enkaydi. Yelkam osha uzaldi. Oldimda yoyilib turmish ro‘znomani oldi. 
— Puf! — dedi. — Sasib ketibsiz-a! Nima balo... 
— Unday demang, Ivan Ivanovich, unday demang. Bu is... 
— Bilaman, bilaman. Butifosda ana shunday g‘arib-benavo yotgandan ko‘ra... darrov-darrov 
aytib... qaydasan, serquyosh O‘zbekiston, deya jo‘nab qolsangiz bo‘lmaydimya? 
— Butifos o‘z oti o‘zi bilan butifos-da. Boshqa joy bo‘lsa yaxshi bo‘lardi-da. 
— Siz tarixiy binoda yotibsiz, Dehqonqul Aqrabovich, tarixiy binoda! Siz yotgan bino XVII asrda 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish