Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
keldi. Yangi xo‘jayinga tobing bormi yo eskisining orqasidan jiyda-xaltangni ko‘tarib 
jo‘nab qolasanmi? Kinolarda ko‘rgansan, a? «Xo‘jayinimga sodiqman» deydiganlarning 
oyog‘idan osib qiynashadimi-ey. Kinodagilar ahmoq, a? Yo sen ahmoqmisan? Sening 
oyog‘ingdan ossam yarashmas, a? Yo kindigingdan kekirdaginggacha tilib, tuz sepsam, 
mazza qilasanmi? Qo‘y, bunaqa mazzalar ahmoqlarga atalgan. Sen ahmoq emassan. 
Kimga sodiq bo‘lmoqchisan? O‘lik odamgami? Xo‘sh, endi gapir, kelishamizmi yo 
otamlashamizmi? 
Kesakpolvon uning labidagi sigaretni olib tashladi. G‘ilay yengil yo‘taldi. 
— Qani, endi gapir-chi? Kesakpolvon pilik olovini uning burniga yaqinlashtirdi. G‘ilayning 
burnidan chiqib turgan tuklarning uchi kuyib, chayonning nishiday gajak bo‘lib oldi. 
G‘ilay pastki labini cho‘zib pilik olovini puflab o‘chirdi-da: 
— Gap yo‘q, kelishamiz, — dedi. 
— Qoyilman, o‘g‘il bola, — dedi Kesakpolvon zaharli jilmayib. Keyin Bo‘tqaga buyurdi: — 
Akangning qo‘l-oyog‘ini yech. Qaysi ahmoq bog‘ladi o‘zi buni. Men shunaqa o‘g‘il 
bolalarga besh ketaman o‘zim. Qani, okasi ko‘zidan, endi ayt-chi, atrofdagi ko‘chaga 
qancha bola qo‘ygansan? 
— To‘qqizta. 
— Ular nimaga tuxum bosib o‘tirishibdi, nimaga yordamga kelishmadi? 
— Ishora bo‘lgunicha kutishlari kerak edi. Bu yog‘i bunaqa bo‘lib qoldi. 
— Asadni... o‘ldirmoqchimidilaring? 
— Bu haqda gapirmovdi. 
— Unda nimaga keldi? 
— Menga ish buyurardi, men bajarardim. Men bilan maslahatlashmagan. 
— Odamlaringning hammasini bir yerga to‘plashing kerak. 
— Kerak bo‘lsa yarim soatda to‘playman. 
— Qitmirlari yo‘qmi? G‘alva qilishmaydimi? 
— Bilmayman. Balki... bu gaplarni aytmaslik ma’quldir ularga? 
— Qoyilman, kallang g‘ij-g‘ij aql-a, toshib ketmaganiga hayronman, — dedi Kesakpolvon 
kesatib. — «Xo‘jayin bizlarni Asadbekning ixtiyoriga topshirib o‘zi safarga ketdi», 
deysan. Qaerga to‘playsan bolalaringni? 
G‘ilay shahar chetidagi bog‘ni aytdi. 
— Yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Kesakpolvon. Keyin bir oz o‘ylanib turib o‘ziga ma’qul 
boshqa yerni aytdi-da, Bo‘tqaga qarab qo‘ydi. Bo‘tqa bu qarashning ma’nosini angladi — 
demak, o‘sha yer yigitlar bilan o‘rab olinishi kerak. Bo‘tqa «tushundim» deganday bosh 
irg‘ab qo‘ygach, Kesakpolvon G‘ilayni ko‘cha tomon boshladi: — Yur, endi. Oshni 
pishiraylik. Tezroq damlamasak, tagiga oladi. 
Kesakpolvon nozaninni kuzatganday G‘ilayning qo‘ltig‘idan oldi. Katta ko‘chaga 
chiqishgach, mashina to‘xtadi. 
— Bolalaringni chaqir, — dedi Kesakpolvon. 
G‘ilay tushib, uch-to‘rt qadam yurgach, qo‘l silkib qo‘ydi. Ko‘chaning narigi betidagi 
yigitlardan biri yugurib keldi. G‘ilay unga bir nima degach, u shoshib iziga qaytdi. Bu 
orada Bo‘tqa Xumkallaga hojasining buyrug‘ini yetkazdi. 
G‘ilay mashinaga o‘tirgach, Kesakpolvon uning yelkasiga qo‘l tashladi. 
— Endi akangnikiga kirib o‘taylik. Bola-chaqasi xavotir olmasin, safarga ketganini aytib 
qo‘yishing kerak. 
— Aka, bir joyga kirib yuzta-yuzta qilib olaylik, bosh yorilib ketay deyapti, — dedi G‘ilay 
yalinchoq ohangda. 
— Boya aytmaysanmi shuni? — dedi Kesakpolvon, so‘ng Bo‘tqaga buyurdi: — ol, anavi 
yerda ochilgani bo‘lishi kerak. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish