Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
— Mening oyim do‘xtirlar, dushman emaslar! — dedi ovozini bir oz ko‘tarib. 
— O‘chir! — dedi Homiy rasta ovozda. — Buni nega o‘ldirmoqchisan? 
— Nonimni o‘g‘irladi. 
— Qanaqa non? 
— Dushman oyisiga yig‘ayatuvdi, yo‘qotib qo‘yibdi, — dedi Kesakpolvon, «dushman» 
so‘ziga urg‘u berib. 
— Bu dushmanning ishi! Sen yetimlarning haqini dushman onangga bermoqchi 
bo‘ldingmi?! Seni bolshevikchasiga tarbiyalashimiz kerak. — Homiy qanday tarbiya 
qilishni bir oz o‘ylab olgach, qat’iy tarzda hukm chiqardi: — Har kuni noningning yarmini 
menga berasan! 
— Bermayman, — dedi bola. 
— Bermasang — o‘lasan! 
— O‘lsam ham bermayman. Sen — tekinxo‘rsan! 
Homiysi oldida botirlashgan Kesakpolvon bolaning kekirdagiga chang soldi. 
Xulosa shuki, bola nonining yarmini bolshevikcha tarbiya uchun qurbon qilishga majbur 
bo‘ldi. Yarmini esa... onasining haqiga xiyonat qilmadi, o‘zi yemay, yig‘averdi. Kunlar 
o‘tgani sayin u holdan toyib, ranglari sarg‘ayaverdi. Bir kuni oshxonaga kiraverishda 
boshi aylanib, yiqildi. Uni kasalxonaga olib ketdilar. Bolani boshqa ko‘rmadilar. Uning 
ahvoli, taqdiri bilan qiziqmadilar... 
Vaqt o‘tib, qorin nonga to‘yadigan kunlar ham keldi. Voyaga yetib, bolalar uyidan 
uchirma bo‘lgan bir Zo‘rning o‘rnini ikkinchisi egallayverdi. Shu zaylda Kesakpolvonning 
homiylari ham o‘zgaraverdi. Yozilmagan qonun asosida yangi Zo‘r salafining ishini 
risoladagiday davom ettirardi. Yosh ulg‘ayishi yoki Zo‘rning xohishi bilan ayrim 
bolalarning vazifalari o‘zgarardi. Boshqalar ayg‘oqchilikni durust eplasha olmasmidi, yo 
bu «vazifa»dan hazar qilisharmidi, harholda Kesakpolvon bu kasbidan uzoqlashmadi. 
U ba’zan martabasi ko‘tarilmayotganidan afsuslanardi. Ammo boshqa vazifalarga 
nisbatan aynan uning — ayg‘oqchining Zo‘rga yaqinligi tasalli berardi. Aynan shu 
yaqinlik tufayli bir kunmas bir kun Zo‘rning o‘rnini egallashi mumkinligiga aqli yetib 
turardi. 
Muddaosi sari yaqinlashayotgan damda kimningdir istagi bilan bu bolalar uyi yopildi. Ular 
turli bolalar uylariga tarqatildilar. Kesakpolvon katta shaharga shu zaylda keldi. Asadbek 
bilan ham shu bahonada tanishdi. Aniqrog‘i, Asadbek o‘qiydigan sinfga kelib, eng oxirgi 
partaga, bo‘yi boshqalarnikidan uzunroq bo‘lgan bola yoniga o‘tirdi. Qovog‘ini solib, 
tumshayib o‘tiradigan bu bolaning ismi Asad edi. Kesakpolvon uning bo‘yiga, avzoyiga 
qarab, «Zo‘ri shu bo‘lsa kerak», deb o‘ylab yanglishmadi. Asadbek boshqalarni huda-
behuda urmasa ham, so‘kmasa ham yoshi kattaroq bo‘lgani uchun undan hayiqishardi. 
Kesakpolvon uning maktabga kechroq chiqqanini, otasi qamalgan yili esa sinfda 
qolganini dastlabki kezlar bilmasdi. 
Bir kuni sinf rahbari kirib Asadbek bilan Kesakpolvonni o‘rinlaridan turg‘izdi. 
— Turdialievning perosini qaysi biring o‘g‘irlading? — dedi g‘azabli ko‘zlarini ularga tikib. 
Bu davrga kelib Kesakpolvon ko‘zlarini lo‘q qilib qarashning ustasi bo‘lib qolgan edi — 
o‘qituvchiga «Bunaqa gapdan xabarim yo‘q», deganday bezrayib qarab turaverdi. 
O‘g‘irlikni or deb bilgan Asadbek esa bunday qila olmadi. Gumonning o‘ziyoq uni uyatdan 
bosh egishga majbur etdi. 
— Men o‘g‘ri emasman, — dedi u o‘qituvchiga tik qaray olmay. 
Shu zahoti uning yuziga shapaloq tushdi: 
— Sen, unsurning bolasi, menga to‘ng‘illama. Dars tugaguncha peroni joyiga 
qo‘ymasang — qamalasan! Endi hamma turib, xalq dushmanining o‘g‘liga, o‘g‘riga o‘z 
nafratini izhor qilsin! 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish