Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
219
— Zo‘r uloqchi otlardan ikkitasini topish kerak. Narxi osmon baravar bo‘lsa ham sotib 
olamiz. 
— Nima balo, uloq chopmoqchimisan? 
— Meni davolagan tabib uloqqa ishqiboz ekan. Shunga sovg‘a qilamiz. 
— Yaxshi o‘ylabsan. Gap yo‘q, topamiz. 
— O‘sha tabibning otlarini kimdir otib ketibdi... 
Qaymoqqa bo‘kkan nonni huzurlanib chaynayotgan Kesakpolvon bir ho‘plam choy bilan 
luqmasini yutdi-da: 
— Jalil aytdimi? — dedi bepisandlik bilan. 
— Ha, aytdi. 
— Bekor aytibdi. Meni bilasan-ku, g‘ashimga tegsa o‘zini otaman. Otlari bilan nima ishim 
bor? 
— Jalilning gapi yolg‘onmi yo senikimi? 
— Uyingda Qur’on bo‘lsa ber, Qur’on ursin, agar yolg‘on gapirsam. 
Asadbek uning qasamiga ishonganday bo‘ldi. Ko‘nglidan «Hali bu gapga qaytamiz», 
degan fikrni o‘tkazib: 
— Qaymog‘ingni ye. Bir haftada zo‘r otlardan topasan, bu sening qo‘lingdan keladi, — 
dedi. 
Kesakpolvon uch kunda otlarni topdi. Abdurahmon tabibga yetkazdi. Ammo u otlarni 
olmadi, iziga qaytardi. Bundan g‘ashi kelgan Kesakpolvon ularni so‘ydirib, qazi qildirdi. 
XXII b o b
1
Jamshid «Xongireydan hech qanday topshiriq olmadim», deb yolg‘on gapirgan edi. G‘ilay 
o‘limi oldidan Hosilboyvachchani o‘ldirgan Elchinni otganini aytgan bo‘lsa-da, uning 
gaplariga uncha ishonishmagan, Hosilboyvachchani Elchin o‘ldirishi ular uchun 
haqiqatdan uzoq bir gap edi. Jamshidning vazifasi esa ayni haqiqatni bilish edi. 
Kesakpolvon kelib-ketgan kunning ertasiga Elchin yotgan kasalxonani qoralab borib 
kuzatdi. Keyingi kun oqshom chog‘ida Elchinni yo‘qlash maqsadida kelib, Asadbekka 
tegishli mashinalardan birini ko‘rdi-yu, o‘zini panaga oldi. 
Oradan o‘n-o‘n besh daqiqa o‘tgach, Zaynab ko‘rindi. Boshini egib yurib kelgan Zaynab 
hech qayoqqa qaramay mashinaga o‘tirdi. Jamshid haydovchini tanimadi. «Haydar akam 
aytgan yigit shumi?» deb o‘yladi. 
Jamshid «buyoqqa kirish mumkin emas», degan hamshiraning cho‘ntagiga pul solib 
qo‘ydi-yu, o‘z uyiga kirib borayotganday eshikni bemalol ochib, ostona hatladi. 
Elchining ko‘zlari yarim yumuq — uning o‘lik yoki tirik ekanini bilish mushkul edi. 
Elchin ko‘z oldini qoplagan xira parda orqali Jamshidni tanidi. Bu jingalak sochli yigitni 
unutish mumkin emasdi. 
Hozirgina Zaynab kelib ketdi. Tabib Elchinni behush deb o‘yladimi, «Eringizni uyga olib 
ketganingiz ma’qulmikin?» dedi. Elchin bu gapni eshitdi. «Ishim xurjun shekilli?» deb 
o‘yladi. Keyin Zaynabning ovozini eshitdi: 
— Agar erimga bir nima bo‘lsa, hammangiz quriysiz!.. 
Ovoz Zaynabniki... lekin ohang... Zaynab bu ohangda gapirmas edi... 
Elchin xotinining qalbdagi Kumushbibini osib, Asadbek qiziga aylanmoqchi 
bo‘layotganidan bexabar edi. Shu bois gap ohangi unga begona tuyuldi. 
Zaynab chiqib ketishi bilan... Jamshid kirdi. Elchin orada o‘tgan yarim soatni sezmadi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish