Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
218
— Birpas jim o‘tir. 
— Gapim yoqmayotgan bo‘lsa, keta qolay! 
— Birpas jim o‘tir, deyapman! 
Jalil «xo‘p» deb tiz cho‘kkanicha, itoatkor talaba singari indamay o‘tirdi. 
Xonadagi sukunat to Zaynab choy olib kirgunicha cho‘zildi. 
— Ada, ovqat olib kelaveraymi, oldin doringizni ichib olasizmi? 
— Ha, albatta, oldin dorini ichadi, — deb Asadbek o‘rniga javob berdi Jalil. 
Asadbek dorini ichdi-yu, ammo ovqatga qaramadi. Ilon kukuni solingan qaynatma 
sho‘rvani xo‘rillatib ichib olgan Jalilni ter bosdi. 
— Bo‘ldi, endi ja oshirvording. Seni tumtayishingni ko‘rgan odam, bu kuyovto‘raning 
xotini qari chiqibdi, deb o‘ylaydi. Ovqatingni ich. 
— Ovqat o‘tmaydi. 
— Bo‘lmasa, yorila qol: nima bo‘ldi? 
Jalilning gapida jon bor: yorilmasa, dardini aytmasa bo‘lmaydi. 
— Jalil... — shunday deb tin oldi. — Jalil... men og‘irlashganimda... Hech nimani 
sezmadingmi? 
— Nimani? 
— Haydar bilan Mahmud o‘rtasida gap o‘tmadimi? 
— Ha, bumi... — Jalil uning maqsadini angladi. — Endi, og‘ayni, o‘zing gap ochding, 
aytay: mol achchig‘i — jon achchig‘i, degan maqol bor. Podsho kasal bo‘lsa, merosxo‘rlar 
payt poylashadi. 
— O‘limimni kutishyaptimi? Shunaqa demoqchimisan? 
— Men ularning ichidagi maqsadlarini bilmayman. 
— Haydar Mahmudni tinch qo‘ymaydi, deb cho‘chiyapman. 
Cho‘chiyapman... Hech narsadan qo‘rqmaydigan Asadbekning cho‘chishi qiziq... 
«Cho‘chiyotgan bo‘lsa, yuragi bir narsani sezgan», deb o‘yladi Jalil. 
— Haydaringning qo‘lidan har balo keladi. Senga necha marta «Shu pakanangning turqi 
sovuq, o‘zingdan uzoqlat!» deb aytuvdim-a? 
— Vaqtida menga kerak edi. Yordami ko‘p tekkan. Endi zamon o‘zgardi, lekin u 
o‘zgarmayapti. Zamonga qarab ish yuritmaydi. 
— O‘shaning o‘zgararkanmi? Bukirni go‘r to‘g‘rilaydi. Senga anchadan beri aytishga tilim 
bormayotgan edi. Sen uning bir qilig‘ini bilib qo‘yishing kerak.— Jalil shunday deb uning 
Abdurahmon tabibga uchrashgani, so‘ng otlarini ottirganini aytdi. Bu gaplarni eshitgan 
Asadbek qahr otiga mindi: 
— Xunasaning chotini ayirib tashlayman! — deb baqirdi. 
Jalil uni fikridan qaytarishga urinmadi. Agar Kesakpolvon hozir shu yerda bo‘lganida bir 
baloga uchrashi naqd edi. Baxtiga orada tun bor. Tun va sokinlik Asadbek uchun 
maslahatchi bo‘ldi. U o‘ylay-o‘ylay Kesakpolvon bilan hozircha murosa qilmoq joiz 
ekanini angladi. Shu bois ham ertalab Kesakpolvon qaymoq ko‘tarib kirganida uni 
quvmadi, g‘azab otidan tushmagan bo‘lsa-da, qahrini sochmadi. 
Qaymoq ustiga non to‘g‘rayotgan Kesakpolvonga sinovchan tikildi-da:
— Haydar, sen otlarning farqiga borasanmi? — deb so‘radi. 
Kesakpolvon bu savoldan so‘rag‘uvchining maqsadini anglagan bo‘lsa-da, sir boy 
bermadi. 
— Qanaqa otlar? 
— Ha, endi otlar har xil bo‘ladi: aravaga qo‘shadigani, uloqchisi. 
— Qaziga bopi... 
— Ha, bilar ekansan. 
— Men otlarning farqiga bormayman. Nega so‘rayapsan? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish