Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145
Habib Sattorovga bu daftar ilmiy ishning qoralamasi kabi tuyulib, ayrim satrlar diqqatini 
tortdi. Birinchi sinf bolasiday hijjalab o‘qiy boshladi: 
«...Bir xalq o‘z ixtiyori bilan boshqa xalqqa qanday qilib qo‘shilsin? Xo‘p, nomuhtaram, 
noakademik, nojanob, balki bu dunyoda sizning ahmoq kallangiz bilan fikr yuritadigan 
galvarslarga ergashib kattaroq yoki kichikroq xalqlar qo‘shilar. Lekin qanday qilib bir 
millat o‘z ixtiyori bilan boshqa millatga qo‘shilsin? Bu holda qo‘shilguvchida or-nomus 
bo‘larmi? Millat — bir dinga mansublikmi? Bir millat o‘z ixtiyori bilan boshqa millatga 
qo‘shilibdimi, demak u o‘z dinidan, o‘z imonidan, vijdonidan yuz o‘giribdi. Alqissa: «O‘rta 
Osiyo Rossiyaga o‘z ixtiyori bilan qo‘shildi», degan gap o‘rta osiyolik musulmon dinidan 
chiqib nasroniylikni qabul etdi, degani emasmi? Shu yolg‘onni chinga aylantirib 
berayotganlari uchun valine’matlaridan mukofotlar oladilar. Biroq, tentakona bu gapga 
kim ishonadi, kimlarni ishontirmoqchi bo‘lishadi. Omilarnimi? Omilarga bari bir — kim 
non bersa, kayfini xushlasa o‘shanga qulluq qilaveradi. Qornini to‘yg‘azib qo‘yib, 
qamchilasa ham g‘ing demaydi. Bunaqa omi odam nima — mol nima — farqsiz. Ammo... 
(Ammo!) ongli odamlar ko‘p-ku? Ularni chalg‘itish mumkinmi? 
Odamning o‘ng yelkasida Rahmon farishtasi, chap yelkasida Shayton bolasi turadi, 
deyishadi. Balki shundaydir. Lekin mening nazarimda (buning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini 
Sobitxondan so‘rab olishim kerak!!!) odam o‘ngga qarasa haqiqatni, chapga qarasa — 
aldovni ko‘radi. Odam o‘ng tomoniga boshini bursa, yuziga shapaloq (balki mushtdir, 
Xudo ularga insof bersin) bilan uradilar. Chap tomonga bursa, peshonasini silaydilar. 
Uning ko‘zi ajoyib narsalarga, «imtiyozlar» deb ataluvchi bu dunyo jannatiga tushib 
rohat topadi...» 
Fikr shu yerga yetganida satrlar uzilib, arab harflarida bir nimalar yozib qo‘yilgan edi. 
Agar Habib Sattorov arab alifbosini bilgandami, beadad ulug‘ hikmatni o‘qir edi. 
Daftardagi: 
«Izo, kaanam turobu dalila qovmin, Sayahdihum ila arzil jiyafi»* degan arabiy baytning 
Sohib Po‘latovga ham tegishli ekanini anglardi. 
Habib Sattorov daftarni yana varaqlab «jinnixona» degan so‘zga ko‘zi tushib jumla 
boshini izladi. 
«...Meni jinnixonga keltirishdi. Na izzat, na-da ikrom, na poyondoz, na-da gullar bor. 
Obro‘ ham shunchalar bo‘lar-da. Ishonchim komilki, agar Nortojiev (ya’ni Gorbachev) 
jinnixonaga yotqizilsa, bundan ortiq obro‘ ololmaydi. Demak, men obro‘ jihatdan 
Nortojiev bilan tengman. Oramizdagi farqimiz, u — professional, men esa kelajagi porloq 
havaskor jinniman! Qanday yaxshi! Kelajagi yo‘q yosh olim bo‘lgan durustmi yoki 
kelajagi porloq yosh jinni a’loroqmi? Albatta keyingisi — muddaoning o‘zi! Darvoza 
tepasiga «Lenin biz bilan», deb yozib qo‘yishibdi. Endi «Butun dunyo jinnilari, 
birlashingiz!» deb yozdiramiz. Qiziq... jinnilar nima uchun birlashishmas ekan? Balki 
birlashishgandir?.. Ha, birlashganlar! Faqat ularga «jinni» degan unvon berilmagan. Ular 
— aqlli jinnilar. Biz esa... men esa... ahmoq jinniman. Yo‘q, ular jinnilarmi? Men 
jinnixonadaman. Demak, men ularning mehmoniman. Bunisi qoyil! Lekin... bir kunmas 
bir kun, biz havaskor jinnilar ham birlashamiz. So‘ng... Xo‘sh, so‘ngra nima qilamiz? Ha, 
eng avvali o‘zimizni «Aqlli jinni» deb e’lon qilamiz. Keyin erkakni xotin, xotinni esa erkak 
deymiz. «Falonchining eri tug‘di» yoki «Falonchining eri bolasini emizmayotgan 
emish...» yoki «Falonchining eri boshqadan ikkiqat emish». Zo‘r-a! Bolalar-chi? Tug‘ilgan 
bolalarni «buvasi», «buvisi» deymiz... Qarabsizki, qiyomat! Eng qiyomati — 
televizorning hamma kanallarida faqat «O‘zbekfilm» tomoshalarini ko‘rsatamiz. 
Qarabmizki, ertalab nahorga bosmachi, nonushtaga bosmachi, tushlikka ham, kechlikka 
ham. Zahartang qilib yoki uyqusi qochib tursa ham — «O‘zbekfilm»... 
Shu yerga kelganda Habib Sattorovning toqati toq bo‘lib daftarni yopdi-da, nari surdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish