Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
142
yaxshi damlarni eslab, ko‘z oldiga keltiradi. Hozir ham shunday qildi. Angliyadagi 
dorilfununda kechgan mas’ud damlarini, ma’ruzalaridan keyingi olqishlarni, qirolicha 
huzuridagi qabulni esladi. Esladi-da, «Men kim-u, u kim? Ertaga ishdan olinsa, tuflab 
tashlagan tupugimga arzimaydi», deb o‘ziga-o‘zi tasalli berdi. Sohib Po‘latovlarning 
ertaga ham, indinga ham ishdan olinmasliklarini esa, o‘ylab ko‘rmadi. 
Bolaligi o‘tgan uyga kelgandan keyingina hamkasblarining nima sababdan ta’ziya 
bildirganlarini angladi. Shum xabarni eshitib, bir oz garangsidi. Onasining fig‘onli yig‘isi 
yuragini o‘rtab yubordi. Mashoyixlar «Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin», deb 
bejiz aytmaganlar. Farzandi dardida ezilib-ezilib yig‘layotgan onaning dardini yana 
qanday dard bilan qiyoslash mumkin? Bundan ulug‘roq dard yo‘qdir... Ehtimol... Yana 
kim biladi... Risolat kampirning aytib yig‘lashiga agar tog‘ qoyalari tushunishsa, alamdan 
balki tars-tars yorilib ketarmi edilar. Ajab yeri shundaki, Habib Sattorov onasining 
yig‘isidan o‘rtandi... Ammo... o‘zi yig‘lamadi. Yig‘i kelmadi. Bundan o‘zi ham ajablandi. 
Keyin o‘zidan-o‘zi nafratlandi. 
Onasi bir oz yupangach, ko‘cha eshik og‘zida hassaga tayangan Sobitxon ko‘rinib, 
«Opoqi!» deb chaqirdi. Risolat kampir uni ovozidan tanib, o‘rnidan turdi-da, uy 
ostonasiga bordi: 
— Keling, Qori bolam, kelavering, — dedi u yig‘lamsiragan ovozda. 
Habib Sattorov hovliga chiqib mehmonni kutib oldi. Risolat kampir Sobitxon bilan yig‘lab 
ko‘rishdi. 
Sobitxon ko‘rpachaga o‘tirishga qiynalgani sababli, stulga cho‘kdi-da, shirali ovozda 
tilovat qildi. Fotihadan so‘ng Risolat kampir odati bo‘yicha «Xudoning irodasi shu ekan-
da», deb qo‘ydi. Sobitxon «Onajon, bu Xudoning irodasi emas, Xudo bandalariga 
jonlaringga qasd qilinglar deb buyurmagan. Jonga qasd qilish — shayton irodasiga 
bo‘ysunishdir. Afsuslar bo‘lsinkim, birodarimiz shayton qavmida ketibdilar», demoqchi 
bo‘ldi-yu, ilmdan bexabar bu ayolning alamli yarasiga tuz sepmay, deb tilini tiydi. 
— Qo‘qondan keliboq shu shumxabarni eshitdim. Olloh sizga sabr bersin. 
Barchalarimizni o‘zi hidoyat yo‘liga boshlasin, — dedi Sobitxon. 
— Yurishingiz sal bejoroqqa o‘xshaydi. Hali ham yaxshi tuzalib ketmadingizmi? — deb 
so‘radi Risolat kampir mehribonlik bilan. 
— Shunisiga shukr. Do‘xtirlar yurolmaydi, deb bashorat qilishuvdi. Ularning emas, 
Ollohning aytgani bo‘lyapti. 
Sobitxon uzoq o‘tira olmas edi. Shu sababli kampirdan ijozat so‘rab, o‘rnidan turdi. 
Habib Sattorov uni kuzatib qo‘ydi. Iziga qaytayotganida oshxonadan chiqayotgan kelini 
— Xonzodaga to‘qnash keldi. Xonzoda qayin og‘asiga salom berib ko‘rishib, oshxonaga 
kirganicha endi chiqib kelayotgani edi. Habib Sattorov keliniga bir qaradi-yu, uning bir 
necha oy orasida bir necha yilga qariganini sezdi. Turmush ikir-chikirlariga uncha e’tibor 
bermaydigan bu olim keyingi o‘tgan oylar kelini uchun naqadar mashaqqat bo‘lganini 
bilmaydi. Xonzodaning kechalari to‘kkan ko‘zyoshlari jamlansami, dengiz bo‘lmaganda 
ham ko‘l bo‘lar. 
Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g‘amli ohlariga tun qanday chidar ekan, 
zaminu samo qanday chidar ekan? Yerning ohlari to‘planib, so‘ng vulqon kabi portlasa 
kerak. Beva faryod qila olsa edi, bu faryodlar jamlansa edi... Vulqon nima ekan, Yer 
koinotdagi yo‘lidan adasharmi edi... Lekin Habib Sattorov bularni his qila olmaydi. 
Xonzodaning otasinikiga ketishini yo ko‘zi ojiz qaynonasini boqib shu yerda 
o‘tiraverishini bilmay garangsishi ham unga begona. Agar Habib Sattorovga birov «Idda 
o‘tibdi, endi keliningiz boshqa turmush qurishi kerak», desa hayratlanishi turgan gap. 
Kelinining ma’yus boqishini ko‘rgan Habib Sattorov unga nimadir deyishi lozimligini 
sezdi. Ammo o‘sha «nimadir» kallasiga kela qolmadi, tiliga tusha qolmadi. Avvaliga 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish