Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
anglamoq uchun doktor Xudoyorga shuning o‘zi kifoya qilib, kulimsiradi: 
— Xonim afandim, uzr etmagingizni so‘rayman. Sizga peshvoz chiqmak uchun qizlarni-
da taklif etmish edik. Ular tashrifingizdan sarfaroz esalar-da, bunga chiqmoqdan 
uyatdilar. Ularning cho‘x go‘zal odoblari vordur. Ularni uzr etmak, duo qilmak joizdur, 
xonim afandim. Buyuring xonim, Abdulhamid, keching. 
Bunday so‘zlarni eshitganida Asadbek qanday ajablangan bo‘lsa, hozir Manzura ham 
shunday taajjublandi.
4
Bu shaharning boshqa yerlarga nisbatan orastaligi bilan ajralib turishini har qanday 
odam yo‘l-yo‘lakay bilib oladi. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida, ikki o‘g‘lini ikki qanoti 
ostiga olib borayotgan Manzura atrofga suqlanib boqmasa-da, buni sezdi. 
G‘ildiraklarning do‘qillamay, mashinaning chayqalmay, sakratmay ohista suzishini, 
odamlarning yo‘l chetlarida tartib bilan yurishlarini, ozodalikni bir necha daqiqalik safar 
chog‘idayoq sezish mumkin edi. 
Oldingi o‘rindiqda o‘tirgan doktor Xudoyor shahar oralab yurishayotganda orqasiga 
o‘girildi: 
— Xonim afandim, biz-da olmonlarning shul kentinda musofirlik ichinda istiqomat 
etmakdamiz. Qarang, kent cho‘x go‘zaldir. Sizlar bularni nima deb ataysizlar? — doktor 
Xudoyor kulimsiradi. — Chiriyotgan kapitalizmmi? Qarang, qanday chirimakda! 
Manzura bu kabi siyosatdan behad uzoq bo‘lsa-da, radiodan aytiluvchi shunga o‘xshash 
gaplar qulog‘iga kirib turardi-yu, ammo mulohaza qilib, fahm etishga urinmas edi. 
Doktor Xudoyorning hozirgi kinoyasiga ham tushunmagani sababli javob o‘rniga 
yengilgina jilmayib qo‘ya qoldi. Bu jilmayish doktor Xudoyorga ilhom berib, shaharni 
maqtayverdi. Ayrim binolarning tarixini ham bayon qilishni unutmadi. 
Bir soatlardan so‘ng baland binolar safi siyraklasha boshladi. Ana shunda doktor Xudoyor 
izoh berdi: 
— Xonim afandim, Muzaffarxon Marg‘iloniy janoblari sizni kent hududidan tashqaridagi 
villada kutmakdalar. 
Villa deganlari g‘oyatda ozoda bog‘, uch qavatli imorat, marmar hovuzdan iborat edi. 
Villa odam bo‘yi keladigan panjara bilan o‘ralgan, bu qo‘riqlash maqsadida o‘rnatilgan 
devor emas, balki ko‘cha hamda qo‘shni villadan chegaralab turuvchi ramziy to‘siq edi. 
Manzurani Muzaffarxon ahli ayoli Guluzor begim bilan peshayvonda kutib olishdi. 
Ichkarida, shoxona bezatilgan keng xonada o‘ndan ziyod erkagu ayol — Olmoniyada 
istiqomat qiluvchi o‘zbeklarning yuqori tabaqa vakillari mehmon kutish bahonasida 
to‘plangan edilar. 
Sohib bayt lutf qilib, ularni bir-bir tanishtirdi. Erkaklar yengil ta’zim hamda jilmayish 
bilan mehmonni sharaflashdi. Ayollar o‘zlarigagina xos bo‘lgan qiziquvchanlik, ziyraklik 
bilan Manzuraning kiyimiga, barmoqlaridagi uzuklarga, bo‘ynidagi dur-marjonga qarab 
olganlaridan keyin jilmaygan holda qo‘l uzatdilar. Bunday marosim, bunday tanishuvni 
endi ko‘rib turgan Manzura qanday harakat qilishni, nima deyishni bilmay xijolat bo‘ldi, 
o‘zini noqulay his etdi. Doktor Xudoyor buni sezib, tanishtiruv chog‘ida gap qo‘shib, 
hazillashib, kulgu uyg‘otib, noqulay vaziyatni chekintirishga harakat qildi. 
Manzurani ayni choqda qimtinishga majbur etayotgan yana ikki omil mavjud edi. Biri — 
uyning hashami bo‘lsa, ikkinchisi — o‘zining libosi edi. Garchi erining davlati bularnikidan 
kam bo‘lmasa-da, uylari bu darajada emasdi. Bunday uylarda yashab o‘rgangan odamlar 
Asadbeknikiga borishsa ajablanishlari turgan gap edi. Eri bu qadar hashamni 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish