www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
muhoribasinda chiniqqan o‘rus askarlari bilan jang qildilar-ku?! Ular to o‘sha kunlarga
qadar siyosat nima ekanini bilarmi edilar? Yo‘q, azizlarim, bilmas edilar. Harbiy ilmdan
uzoq, siyosatning aldovdan iborat bir narsa ekanini bilmagan holda jang qildilar. Ha,
ularda na harbiy, na siyosiy ilm bor edi. Ammo u ulug‘ zotlarning muborak qalblarida
Vatanni sevmak tuyg‘usi bor edi. Biz, azizlarim, ana shu tuyg‘uni sharaflamagimiz
shartdur.
— Afandim, — dedi doktor Xudoyor, uning so‘zini bo‘lib, — buni men-da durust
anglayurman. Biroq, Shermuhammadbek jihodni davom ettirmagi mumkin bo‘lmagan
ekan, Vatanda dushman qo‘lidan o‘lim topmog‘i sharafliroq emasmi edi?
— Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon, ovozini bir oz balandlatib. — Sizning bu
gaplaringiz menga Vatandagi bir sho‘roparastning so‘zlarini eslatdi.
— Sabr etmakni ixtiyor qiling, afandim. Mening-da so‘zim hali intihosiga yetkani yo‘qtur.
Siz-da, afandim, hijratni tilga oldingiz, ammo ulug‘ Badr muhoribasini xayolingizdan
parishon qildingiz. Anglayurmanki, ulug‘ Badr muhoribasinda shahid bo‘lganlar sharafiga
yetmak mushkul bir vazifadur. Ammo ming to‘qqiz yuz o‘n to‘rt sanasinda Chanoq
qal’asindagi muhoribani anglayurmisiz? Bir qal’ada to‘rt yuz ellik ming shahid! Uch yuz
ellik mingi talabalar! Anglayurmisiz buni?! «Kimi hindu, kimi yam-yam, kimi bilmam ne
balo...» Ular-da shahid bo‘ldilar, ammo Turkiya mag‘lub etilmadi. Afandim, anglamak
joizki, Vatan bir bog‘dur. Bu bog‘ni inson qoni ila sug‘armak lozimdur. Afandim, men
sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman. Sho‘roparastlar so‘zlarini siz ayting.
To‘planganlar o‘sha sho‘roparastning gapi nima ekan, degan ma’noda kutdilar.
Sa’dulloxon hozirgi gaplarga ham munosabatini ayon qilmoqchi edi, biroq doktor
Xudoyorning «men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman», deb qo‘yishi hamda
to‘planganlarning tikilib qolishlari uning shashtini qaytardi.
— U zoti past aytdiki, — dedi u bir oz o‘ng‘aysiz ahvolda, — it qorni to‘ygan yerda, odam
esa Vatanda yasharmish.
Dastlab eshitilganda qo‘pol tuyulgan bu maqol o‘tirganlar etini bir sidra zirillatdi. Bu
holatni sezgan Sa’dulloxon mazkur bahsda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan qarorga kelib,
atrofidagilarga mag‘rur nazar tashladi. Ammo uning g‘oliblik supasini egallashi bir necha
soniyalik edi. Doktor Xudoyor osonlik bilan mag‘lub bo‘luvchi toifadan emas edi. U ham
o‘tirganlarga bir qur nazar tashlab olgach, «boshqa so‘z aytmasman» degan va’dasiga
xiyonat qilgani holda javob berdi:
— Gumrah ulus ichra o‘zin qotti, axiy,
Dunyoga birovki dunyoni sotti, axiy...
Hazrat Navoiyga bir so‘z qo‘shmakka hojat yo‘qtur. Sa‘dulloxon, sharafli afandim,
qalbimdasiz, siz meni bir muhoriba maydonidan boshqasiga yetaklab o‘tmakni ixtiyor
ettingiz. Sho‘roparastning gapi boshqa, biz aytayotgan dard o‘zgadir, Sho‘roparast sizga
qozoq birodarlarimizning bir maqolini aytibdi. Buni kamina ham eshitgani bor. Siz
sho‘roparast bizlarni itga qiyos etmakdadir, deb g‘azab otiga miniyursiz. Mening
anglamog‘im bo‘yicha, maqsad maqolning ikkinchi bo‘lagida. Har bir insonni Vatanda
yashamakka da’vat etmakdir.
— Vatanda bo‘lmak?! — Sa’dulloxon chekinishni istamadi. — Otam menga Vatanni
qoldirdimi?
Bunday bahsning o‘rni hamda vaqti emasligini bilgan Guluzor begim yengil yo‘talib
qo‘yib, mehmonga qarab aybli ko‘rinishda kulimsiradi. Sa’dulloxon yengil yo‘talning
ma’nosini anglagan bo‘lsa-da, gaplarini chala qoldirishni istamadi:
— Otam menga Vatanni qoldirdimi? — deb qaytardi u. — Yo‘q, otam menga Vatan
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |