Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
tomondan Manzurani noxush xayollar hukmiga topshirib qo‘ydi. Omadsizlik-da, agar 
hamrohi bama’ni bo‘lsa, suhbat bilan ovunardi, bu azoblar ham yo‘q edi. Bunday 
hollarda banda chorasiz. Islomiy ilmdan xabardor bo‘lganida ham, shayton 
vasvasalaridan panoh izlab, Yaratgan sari intilar edi. Tangriga solih banda bo‘lish 
tizginsiz xayollarga bandi bo‘lishdan qutqarardi. Bunday panoh yo‘q ekan, azobni 
tortaveradi. 
U o‘zini ko‘ngilsiz xayollar panjasidan qutqarmoq uchun ko‘zini ochganida xonimcha 
Zaynab bo‘lib ko‘rinib yana ingrab yubordi. Shu bo‘yi yana ko‘zlarini yumganicha, to 
uchoq qo‘ngunicha ochmadi. Uchoqdan tushar mahalida ham xonimchaga qaramaslikka 
tirishdi. U o‘zini ham, ko‘zlarini ham hamrohidan olib qochar, ammo aksiga olganday, 
xonimcha dam yonida, dam ro‘parasida paydo bo‘lib qolardi. 
Xonimcha boshqalarni turtib-surtib bo‘lsa-da, nazoratdan avvalroq o‘tdi. Shunda 
Manzura uning o‘ynashini ko‘rdi. Kamida oltmishni urib qo‘ygan, kal, malla bashara 
semiz odamni ko‘rib, «O‘l-a, topganing shumidi?» deb qo‘ydi.
3
Manzura kelinlikka nomzodlar ham kutgani chiqishsa kerak, deb faraz qilgan edi. Shu 
sababli sog‘intirgan o‘g‘illarini bir-bir bag‘riga bosib, xuddi go‘dagini erkalagani kabi 
suyib, o‘payotganida nigohi ko‘z yoshlarining xira pardasi orqali o‘sha qizlarni izladi. 
Manzura o‘g‘illarini qayta-qayta bag‘riga bosgani bilan sog‘inch sahrosida tashnalik 
azobida qiynalgan ko‘ngli qoniqmayotgan edi. Bu uchrashuv, bu ko‘rishuv sahro yuziga 
uch-to‘rt yomg‘ir tomchisi tushgani kabi edi. U farzandlarini birma-bir quchoqlashga 
qanoat qilmay qulochini keng yoydi-da, so‘ng jo‘jalarini ikki qanoti ostiga olib 
avaylaganday baravariga quchoqladi. 
Ko‘zlardan oqqan sog‘inch, baxtiyorlik yoshlari tinib, hayajon tafti sal bosilgach, ulardan 
ikki qadam narida o‘rta bo‘yli, qorachadan kelgan tilla halli ko‘zoynak taqqan odam 
yaqinlashib, qo‘lidagi bir dasta gulni Manzuraga uzatdi: 
— Marhabo, xonim afandim, xush keldingiz, — dedi u Manzura uchun begona bo‘lgan 
lutf bilan. 
— Doktor Xudoyor ustozimiz bo‘ladilar, — dedi Samad, uni onasiga tanishtirib. 
— Yodingizdadir, biz siz ila telefon orqali so‘zlashmak sharafiga muyassar bo‘lgan edik. 
Bu tashrifingiz cho‘x go‘zal bo‘lmish. Cho‘x minnatdorman, cho‘x baxtiyor bo‘lmisham, 
xonim afandim. 
Manzura bunday iltifotga nima deb javob qaytarishni bilmay, bosh silkib qo‘ya qoldi. 
Erida, xonadoni atrofidagilarda bunday lutf bo‘lmagani sababli ham u javobga ojiz edi. 
Doktor Xudoyor uchun bu hol qorong‘u edi. Shu bois ayolning bosh silkib qo‘yishini 
uning hayajoniga yo‘ydi. 
— Abdusamad, inim, siz yuklar ila mashg‘ul bo‘ling, biz bora turamiz, — dedi doktor 
Xudoyor. 
To‘ng‘ich o‘g‘liga «Samad» deb ism qo‘yib, shu yoshga qadar «Samadjon», deb erkalab 
chaqiruvchi onaga «Abdusamad» deyilishi ajab tuyuldi. U o‘g‘lining doktor Xudoyorga 
dastlab uchrab «Ismim Samad» deganida «As-Somad — Ollohning sifatlaridan biri, 
ya’nikim, butun maxluqotning ishini bitiruvchi, barcha hojatlarni so‘raydigan zot, 
demakdir. Siz bilan biz esa Ollohning qullarimiz. «Samad» desangiz Xudo bo‘lib qolasiz. 
Ismni to‘g‘ri talaffuz etmak joizdur. Siz «Samad» emas, «Abdusamad» siz», deb tanbeh 
eshitganini bilmas edi. 
Manzura «qizlar kutgani chiqmadimi?» degan o‘yda atrofga bir alangladi. Uning fikrini 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish