Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
bo‘lgani sababli ham unga jim ketish ma’qulroq edi. Ba’zilar ruhi bezovta paytda kim 
bilan bo‘lsa bo‘lsin, suhbatlashib xayolini chalg‘itishga, shu yo‘l bilan ruhning ezuvchi 
to‘rlaridan qutulib chiqishga urinadi. Manzura unday toifadan emas. U har qanday ruhiy 
azobning mute cho‘risi. Safarga otlanganidan beri shu cho‘rilik libosida. 
Ichimlik simirib bo‘lingach, xonimcha sumkasidan sigaret chiqarib, birini labiga qistirdi-
da, so‘ng qutini Manzuraga uzatib, iltifot qildi: 
— Oling, cheking! 
Manzura chekuvchi ayollarni ko‘rgan-u, ammo «qachondir, kimdir menga ham chekishni 
taklif qilar», deb o‘ylamagan edi. Shu bois hamrohining taklifini darrov anglamadi. 
— Chekasizmi? — deb so‘radi xonimcha uning darrov javob bermaganidan g‘ashi kelib. 
— Yo‘q-yo‘q, — dedi Manzura, hijolat bo‘lib. Uning bu holi zimdan kuzatilsa, chekmagani 
uchun uyalyapti, deb o‘ylash ham mumkin edi. 
Xonimcha «chekmasang battar bo‘l», deganday bir chimirilgach, sigareta tutatdi. Dam 
o‘tmay uchoq bekasi kelib: 
— Aeroflot qoidasiga ko‘ra salonda chekish mumkin emas, — dedi. 
Xonimcha uning gaplariga e’tibor qilmadi. 
— Sizga aytyapman! — dedi beka, qat’iyroq ohangda. 
— Tupurdim o‘sha aeroflotingga ham, qoidasiga ham, — dedi xonimcha. — Bor, ishingni 
qil, menga xalaqit berma. Men tekinga uchmayapman. Pulini to‘lab qo‘yganman. Qanday 
xohlasam, shunday uchaman. 
— Qoidani buzganingiz uchun qo‘ngan yerimizda jarima to‘laysiz. 
— Voy, voy, qo‘rqitib yubording-ku, qo‘ngan yerimizda, agar istasam, samolyotingga 
qo‘shib o‘zingni ham sotib olaman. O‘layotgan paytingda ham oyog‘imni o‘pib o‘lasan. 
— Bezbet ekansiz! 
— Bor, ishingni qil, ammo kimligingni unutma! 
Uchoq bekasi bu balo bilan bahslashishning foydasi yo‘qligini bilib bir nima deb 
pichirlaganicha burilib, nari ketdi. Manzura uning nima deganini eshitmagan bo‘lsa-da, 
erkaklar aytadigan shirin so‘zlardan ekanini fahmlab, labini tishladi. Xonimcha hamrohi 
esa bu so‘zlarni ovoz chiqarib aytib qo‘ya qoldi. Keyin yapaloq shisha chiqarilib, ikki 
qultumgina ichilgach, Manzura suhbatga tortildi. 
— Bu yuvuqsizlar qachon odam bo‘larkin, a? 
Manzura notanish ayollarning orasiga tushmoqni lozim ko‘rmadi, indamay o‘tiraverdi. 
Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob 
bermagani andak g‘ashini keltirgan bo‘lsa-da, gapini davom etdi: 
— Xudoga shukr, bulardan qutuladigan bo‘ldim, — u dumaloq deraza osha pastga qarab 
qo‘yib, xitob qildi:— Xayr, yuvuqsiz Rossiya! 
Manzura bu gapni eshitib, seskanib tushdi. U vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, 
muhabbat degan balandparvoz gaplardan uzoq edi, ammo ayni choqda o‘z yurtiga 
nisbatan bunday deyish mumkinligini hazm qila olmay, hamrohiga savol nazari bilan 
qaradi. Xonimcha bu qarashning ma’nosini uqib, izoh berdi. 
— Bu mening gapim emas, Gogol degan yozuvchi o‘tgan, eshitganmisiz? U Rossiyani 
tashlab ketayotganida shunday degan. 
Tarixdan, xususan Gogol taqdiridan xabardor odam unga javoban «Ey nodon, Gogol 
kimu sen kimsan, o‘zingni kimga tenglashtiryapsan? Bu gap aytilgan zamon qayda-yu, 
bugungi zamon qayda?» degan bo‘lardi. Manzura esa bu tarixdan bexabar bo‘lgani 
sababli «Gogol degani ham g‘alati ekan-da» deb o‘yladi. U hamrohining asl maqsadini 
anglamadi. Yurtini tashlab ketayotgan bu xonimcha shu gapi bilan rus bo‘lmagan 
ayolning ko‘nglini qitiqlamoqchi, uni o‘ziga hamdard qilib olmoqchi edi. Uning 
mo‘ljalicha, Manzura bu gapni eshitgach, «Ha, chindan ham yuvuqsiz, bular falon, bular 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish