Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
— Qayoqqa? — deb ajablandi Sharif. 
— Sattornikiga, bugun otasining yigirmasi. 
Sharif bir bahona topib, to‘yga bormasa bormasdi, ammo ma’rakalardan qolib bo‘ladimi? 
Shu bois indamay turib, boshqonga ergashdi. Boshqonning mashinasiga yana idoraning 
ikki xodimi o‘tirib, to‘rtovlon yo‘lga chiqishdi. Ma’raka bo‘layotgan ko‘chani to‘planib 
turgan behisob mashinalardan ham bilsa bo‘lardi. Odamlar ham qator tizilishib, ichkari 
kirib osh yeb chiqish uchun navbatda turishardi. To‘g‘ri, ularning maqsadi qorinni to‘qlab 
ketish emas. Niyat — marhum ruhini eslash, xonadon egalariga hamdardlik bildirish. 
Shunday bo‘lsa-da, Sharifga navbatda turish malol kelardi. U o‘zicha «obbo», yarim soat 
turarkanmizda», deb qo‘yib mashinadan tushdi-da, odamlar qatorida turib chetga 
chiqmoqchi edi, boshqon «bu yoqqa yuravering», deb hech qayoqqa qaramay to‘g‘riga 
yo‘l oldi. Sattor ularni ko‘riboq peshvoz chiqib, qo‘shqo‘llab so‘rashdi-da, uyga boshladi. 
Katta hovlidagi barcha o‘rinlar band. Xizmatdagilarning qo‘li qo‘liga tegmaydi. Boshqon 
bilan kelganlarni alohida izzat bilan ichkariga, uyga boshlashdi. Keng, naqshinkor uyga 
ziyofatlardagiday dasturxon yasatig‘liq, tashqaridan eshitilib turgan tilovat ovozlari 
demasa, ziyofatga keldik, deb o‘ylash ham mumkin edi. Boshqonning o‘zi, Sharifni 
hayron qoldirib, qiroat bilan qur’on tilovat qildi. Choy kirdi, non sindirildi. Sharif «endi 
osh kirar», deb o‘yladi. Ammo yana choy kirdi. Ikkala choynakni olgan idora xodimi 
boshqonga qaradi: 
— Oqidanmi yo qizilidanmi, xo‘jayin? 
— O‘ldirsa ham qizili o‘ldirsin. 
Sharif «ma’rakalarda ichilyapti», degan gapni eshitgan, ammo o‘zi bunga hali guvoh 
bo‘lmagandi. Unga ham quyib uzatishgach, bir ijirg‘andi-yu, olmadi. U xudojo‘y emasdi. 
Boshqon kabi tilovat qilish ham qo‘lidan kelmas edi. Ammo bunday marosimda ichishdan 
hazar qilardi. Ko‘kragida uyg‘ongan bir his nafrat uyg‘otar edi. Hozir shu nafrat bilan 
boshqonga qaradi: 
— Bu yog‘i o‘rischa bo‘p ketdi-ku? — dedi. 
Olavering, gunohi mening bo‘ynimga, — dedi boshqon. Keyin qo‘shib qo‘ydi: — Niyat 
bilan olsa gunohi yo‘q. Buning kayfi harom, o‘zi halol. Uzumning suvini shu paytgacha 
birov harom demagan. Sattor «otamning joyi jannatda bo‘lsin», deb niyat qilib 
dasturxon yozgan. Kimda-kim shu niyatiga yetmasin desa, mayli, olmasin. 
Sharif shu gapdan keyin ham ichmadi. Keyin shunga o‘xshagan gap yana qaytarilgach, 
uni ham shayton yo‘ldan urdi. Go‘yo uning aybi bilan marhum do‘zax olovida 
qovurilayotgandek tuyulib, bir-ikki xo‘plam ichdi. Keyin esa... So‘ng bu «ma’raka»dan 
chiqib, kimnikigadir ziyofatga kirishdi. Gapdan gap chiqdi. Boshqonga nimadir otgani 
esida. Keyin... o‘zini qamoqda ko‘rib «bitta-yarimtani o‘ldirib qo‘ymadimmi», deb ham 
o‘yladi. 
Hozir tergovchi uzatgan sigaretni olganida shu dahshat iskanjasida o‘tirgan edi. Shu 
talvasaga bandi bo‘lib, sigaretga qo‘l uzatganini o‘zi ham sezmadi. 
— Men Zohid Sharipovman. Shahar prokuraturasining tergovchisiman. Aybingizni 
bilasizmi? — dedi Zohid unga tikilib. 
— Yo‘-o‘q... — Sharif Namozov o‘zining ovozini o‘zi bazo‘r eshitdi. 
— Siz qoradorifurushlikda ayblanyapsiz. Uyingizdan katta miqdorda qoradori kukuni 
topilgan. Portfelingizdan ham. Xaltachalarda barmoq izlaringiz bor. 
— Nima dedingiz? Qoradori... furushlik? Mening uyimdan... Portfelimdan... — Namozov 
Zohiddan «adashibman, gunohingiz boshqa» degan gapni kutib, ilinj bilan tikildi. — 
Siz... adashmayapsizmi? Gunohim boshqadir? 
— Yana qanday gunohingiz bo‘lishi mumkin? 
— Gunohimmi? — Namozov daf’atan javob berolmay chaynaldi. — Masalan... birovni 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish