Sharq Haqni topdi…
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
SHARQ HAQNI
TOPDI...
(Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari)
To‘plovchi, nashrga tayyorlovchi va izohlarni tuzuvchi:
AHMAD MUHAMMAD
«Sharq» nashriyot-matbaa kontserni
Toshkent
2006
MUQADDIMA
Bismillahir rohmanir rohim.
Koinotning mutloq Sultoni, butun olamlarning Yaratguvchisi va
Rabbi Alloh taologa behisob
hamdlar va shukronalar bo‘lsin!
Sarvari olam Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam, u zotning ashoblari va ahli baytlariga
salavotu durudlar bo‘lsin!
Bu ko‘hna zaminda har kuni milyonlab chaqaloq dunyoga keladi va
yana shuncha odam bu foniy
dunyo ila xayrlashib, oxirat manzilgohiga yo‘l oladi. Allohning har bir bandasi dunyo hayotini o‘z
bilganicha va boshqalarning tajribasiga suyanib yashab o‘tadi. Kim qancha umr ko‘rmasin, qay tarzda
hayot kechirmasin, qanchalik aqlu-zakovat sohibi bo‘lmasin, hayot va o‘lim sirining
tagiga yetishi
mushkul, yashash mohiyatini anglashi qiyin. Avvali va oxiri yirtilib yo‘qolgan qadimiy nodir qo‘lyozma
kabi insoniyat dunyo hayotining qaerda boshlanib, qachon tugashiga aqli yetmaydi. Barcha haqiqat
Alloh taoloning kalomida aytilgan: «Men bir yashirin xazina edim.
Meni bilsinlar, tanisinlar, deya
maxluqotni yaratdim».
Biz eng avvalo Xoliqimiz va Mavlomiz Alloh taoloni tanimoq uchun, Parvardigorimizning zikrini va
shukrini
qilish uchun, Uning amr-farmonlarini bajarish bilan oliy mukofoti - jannatga erishmoq uchun
dunyoga yuborilganmiz. Biz dunyoga rohat-farog‘at uchun, yaxshi yeb,
yaxshi kiyish uchun, aysh-
ishrat uchun kelmadik. Biz dunyoga chiroyli axloqli, yaxshi fazilatli bo‘lish uchun, Allohning
maxluqotlariga muhabbat va shafqat ko‘rsatish uchun keldik. Bu hayotni Alloh taolo bizga imtihon
qilib bergan, uni bizga omonat sifatida yuklagan. U qanchalik nash’ali, jozibali bo‘lmasin,
bizning asl
borar joyimiz, abadiy maskanimiz bor. Gap faqat ana shu foniy sinov dunyosidan boqiy oxiratga qay
holda ko‘chishda qoldi...
Ikki dunyo saodatiga erishmoq uchun yaxshi xulqli bo‘lmoq lozim. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat
qilinishicha, Sarvari koinot (s.a.v.): «Jannatga tushishga sabab bo‘ladigan narsa nima?» deb so‘radilar
va o‘zlari bunga: «Alloh taolodan qo‘rqish va yaxshi xulqli bo‘lishdir», deb javob qaytardilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi xulqlarni kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar
bo‘lib keldim», deganlar.
Yaxshi xulqqa qanday erishiladi? U kimdan o‘rganiladi? Bu borada eng
avvalo dinimizning asosiy
dasturi - Qur’oni karimga va Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga murojaat qilinadi. Alloh taolo
Qur’oni karimda marhamat etadi: «U O’zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi. Kimga
hikmat berilgan bo‘lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi. Va’z, eslatmalarni
faqat ahli