29-masala. Namozxon sahvan tartib rioyasini tark qilsa, sujudi sahv qilmoq
unga vojibdir.
Chunki qiyom, qiroat va ruku’ va sujud orasidagi tartibga rioya qilish vojibdir.
Ey tolibi diniy va birodari joniy! Bilki, qiyom, ruku’, sujud va oxirgi qa’da orasidagi
tartibga rioya qilish sohibi “Raddul muhtor” alayhirrahmah nazdida farzdir va sohibi
“Niqoya” nazdida vojibdir. Bas, bu masalada xilof samarasi shuki, namozxonning biror
rak’atda ruku’ni sahvan tark qilgani oxirgi qa’dadan so‘ng yodiga tushsa, o‘sha ruku’ni
keyingi sajdalari bilan qazo qiladi. Ya’ni tikka turib ruku’ni va sajdalarni qayta bajaradi.
Agar oxirgi qa’dadin keyin qiyom yo qiroatni tark qilgani yodiga tushsa, bu suratda turib,
bir rak’at namozni o‘qib oladi. Ammo sohibi “Niqoya” nazdida o‘sha tark etilgan ruknning
o‘zini qayta bajaradi, xalos. Mazkur suratlarda, o‘n birinchi masalada o‘tganidek, oxirgi
qa’dadan keyin qilgan sahvi uchun luzuman sajdai sahv qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |