37-masala. Namozxon qiroatdan keyingi, “Qunut” duosidan oldingi takbirni
sahvan tark etsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.
Chunki bu takbir ikki iyd takbirlari maqomidadur.
38-masala. Namozxon namozning hamma farzlarini yo farzlaridan birini
uxlagan holda bajo keltirsa, namozdan hisoblanmaydi, balki uxlagan holda bajo
keltirgan amalni qayta bajaradi. Agar qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.
Ya’ni qiyomni, qiroatni, ruku’ni, sajdani yo oxirgi qa’dani uxlagan holda bajarsa,
uyg‘ongandan so‘ng bu amallarni qayta ado etadi va namoz oxirida sujudi sahv qiladi.
Masalan, oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha yerga yiqilmasdan uxlab qolsa,
uyg‘ongach, qa’dani qayta bajaradi, “Attahiyyot” o‘qiydi va sahvi uchun sajdai sahv
qiladi. Agar qa’dani qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |