www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
********************
Bu hikmatli so‘zlar hazrati qiblagohi muazzamning o‘quvchilar uchun go‘yoki oxirgi
nasihatlari hamda bu muborak qo‘lyozma hayot davrlarida eng oxirgi yozuvlari edi.
Zero, ming afsus va nadomatlar bo‘lsinki, janobi husnul maob hazrati qiblagohi
muazzam bu risolani chop bo‘lishidan oldin foniy olamdan boqiy olamga rihlat qildilar.
(Inno lillohi va inno ilayhi roj’un). Biz farzandlar, shogirdlar va necha minglab
muridlarining qalblarini pora qilib, og‘ir musibatga qoldirdilar. Marqadlari purnur,
maqomlari a’lo illiyyin bo‘lsin.
Bizlar maslahat bilan shu qarorga keldikki, bu fayzosor so‘zlarni risolaning oxiriga
kiritsak. Toki
shariat va tariqat sultoni, ilm va ma’rifat xazinasi,
mazhab va millat
muqtadosi, fatvo-yu taqvo sohibi bo‘lgan zoti bobarakotning fayzosor nasihatlaridan
o‘quvchi aziz kitobxonlarimiz bahramand bo‘lsinlar va doim mustajob duolarida yod
qilsinlar...
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1735.0
Forum uchun Laylo tayyorlagan.
www.ziyouz.com
2007