“U O‘zi xohlagan kishiga hikmat beradi va har kimgaki hikmat
berilsa, bas, albatta, unga ko‘p yaxshilik berilibdi”.
(“Baqara” surasi, 269-oyat)
Hazrati Muoviya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Alloh ta’olo kimga yaxshilik
ato etishni xohlasa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi”
(Muttafaqun alayh).
Va yana hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, hazrati Nabiy
sallalohu alayhi vasallam aytdilar:
“Alloh taologa dinda fiqhdan afzalroq narsa
bilan ibodat qilinmagan”
. Va Nabiy alayhissalom aytdilar:
“Shubhasiz, shayton uchun
mingta nodon obiddan ko‘ra bitta faqih qo‘rqinchliroqdir”.
Har narsaning ustuni bordir va dinning ustuni fiqhdir va “Bazzoziya” kitobida
mazkurdirki:
“Bizning ashobimiz kitoblariga, agarchi tushunmay nazar qilsa ham,
kechalari turib namoz o‘qigandan ko‘ra yaxshiroqdir. Shuningdek, fiqh darsi Qur’on
o‘qimoqdan afzaldir”.
Ibni Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyatdirki,
Do'stlaringiz bilan baham: |