34-masala. Namozxon ikki iyd (hayit) namozi takbirlarini sahvan tark qilsa,
sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.
Shuningdek, ikki iyd takbirlarining bittasi tark bo‘lsa ham, sujudi sahv qilmoq unga
vojibdir. Bu tahrir (ya’ni yuqorida o‘tgan masalalar) ikki iyd takbirlarining har biri
mustaqil vojib ekanini anglatadi.
Bilmoq kerakkim, sujudi sahv iyd va jum’a namozlarida, besh vaqtlik farz va nafl
namozlarda barobardir. Ikki iyd va jum’a namozida agar ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lsa,
keyingi ulamolar nazdida, fitnani daft etish uchun sujudi sahv qilmaslik ixtiyor
qilingandir. Agar ikki iyd va jum’a namozlarida ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lmasa, jamoatning
kamligi uchun albatta, sujudi sahv lozimdir.
Agar jum’a va ikki iyd namozidan boshqa namozlarda ham ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lsa,
zohir qavlga ko‘ra, sajdai sahv qilinmaydi, xususan, bizning zamonamizda. Balki sujudi
sahvni tark etish avlodir, toki odamlar fitnaga qolmasinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |