39-masala. Namozxon tashahhud o‘qishni unutib, hatto salom berdi, andin
so‘ng (tashahhud o‘qimagani) yodiga tushsa, qaytadi, vujuban tashahhud
o‘qiydi va sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.
Ya’ni (yodiga tushgan joyidan tashahhudga) qaytadi, tashahhud o‘qiydi va o‘ng tomonga
bir salom berib, sujudi sahv qiladi, yana tashahhudni, salavot va duoni o‘qib salom
beradi.
40-masala. Namozxon nafl namozida avvalgi qa’dani sahvan tark qilsa, sahvi
uchun namoz oxirida vujuban sajdai sahv qiladi va istehsonan (maqbulligi
jihatidan) namozi fosid bo‘lmaydi.
41-masala. Namozxon avvalgi qa’dada unutgan holda o‘tirmasdan turib ketsa,
agar qa’daga yaqinroq bo‘lsa, o‘tiradi va “Attahiyyot” o‘qiydi, unga sujudi sahv
yo‘q. Agar qa’daga yaqinroq bo‘lmasa, qiyomga turib, namozining qolganini
Do'stlaringiz bilan baham: |