20-masala. Namozxon farz namozining oxirgi ikki rak’atida sahvan jahriy qiroat
qilsa yoki oxirgi ikki rak’atda biror surani jahran qiroat qilsa, sajdai sahv
qilmoq unga vojibdir.
Bu yerda ham namoz joiz bo‘ladigan qiroat miqdori e’tibor qilingandir.
21-masala. Namozxon ruku’da yoki sujudda yoki avvalgi qa’dada sahvan biror
oyatni qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.
22-masala. Namozxon avvalgi qa’dada yoki oxirgi qa’dada sahvan avval biror
oyatni qiroat qilib, keyin “Attahiyyot”ni o‘qisa, sajdai sahv qilmoq unga
vojibdir.
Agar oxirgi qa’dada avval “Attahiyyot”ni o‘qib, undan so‘ng unutgan holda biror oyatni
o‘qisa, ul namozxon uchun sujudi sahv yo‘q.
23-masala. Namozxon ruku’da yo sujudda “Attahiyyot”ni o‘qisa, sujudi sahv
Do'stlaringiz bilan baham: |