19-masala. Tanho namoz o‘qiyotgan kishi jahriy farz namozlarni ado
qilayotganda jahriy va maxfiy o‘qishda ixtiyorli ekani ittifoq qilingan hukmdir.
Afzalrog‘i jahriy o‘qishdir.
Ammo maxfiy farz namozlarning adosini o‘qiyotganda, “Zohiri rivoyat”da ham tanho
namoz o‘qiyotgan kishi ixtiyorlidur. Lekin keyingi muhaqqiq olimlarning tashehlariga
ko‘ra, tanho namoz o‘qiyotgan kishi maxfiy farz namozlarni ado qilayotganda maxfiy
o‘qishligi vojibdir (albatta, mazhabga ko‘ra hukm shudur, dedilar).
Bas, tanho namoz o‘qiyotgan kishi unutgan holda maxfiy namozlarni namoz joiz
bo‘ladigan miqdorda baland qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Chunonchi,
“Durrul muxtor” sohibi: “Mazhabga ko‘ra, maxfiy o‘qiladigan namozlar, albatta, past
o‘qiladi”, deb keltirganlar.
FOYDA
. Kunduzi o‘qiladigan nafl namozlarda maxfiy qiroat qilmoq vojibdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |