8-MAVZU: Fan texnika taraqqiyoti va ekologiya
Reja:
1. Tabiat va jamiyat tizimi.
2. Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya.
3. Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy barqaror
rivojlanish.
728
4. Ekologik muammolar va ularni hal etishda
fanning ahamiyati.
5. Texnika va inson salomatligi.
6. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri.
ayanch iboralar:
tabiat, jamiyat, atof muhit, ishlab
chiqarish, tabiiy omillar, ekologiya siyosat, tabiiy
resurslar, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan
resurslar, zamonaviy
texnika va
texnologiyalar,
urbanizatsiya, antropogen ta’sir, ilmiy texnik taraqqiyot,
inson ekologiyasi, moddiy forovonlik, ekologik tanazul,
noosfera,
moslashish,
odam
populyasiyasining
salomatligi, biologik moddalar aylanishi.
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
muammosi bugungi kunga kelib, nihoyatda kuchayib
ketdi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar
ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungan holda boradi. Ushbu
qonuniyatlarning buzilishi ekologik halokatga olib
keladi. Fan va texnikaning rivojlanish jarayoni tabiiy
muhitni tubdan o‘zgartib yubordi.
729
Mineral va yoqilg‘i resuslari kamayib, biosferaning
ifloslanishi va buzilishi kuzatilmoqda. Ana shularning
o‘rganuvchi yangi fan atrof muhit va inson salomatligi
fani vujudga keldi. Insoniyatning rivojlanishi shunday
davom etsa, ekologik halokat ro‘y berishiga olib keladi.
Bunda bizni nimalar kutmoqda. Ekologik halokat ro‘y
berishi muqarror. Ushbu savollarga shubhasiz atrof
muhit va inson salomatligi fani javob berishi mumkin.
Chunki uning ob’ekti jamiyat-tabiat-inson tizimi
hisoblanadi. Predmeti esa ushbu tizimni rivojlanish
qonuniyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
Atrof muhit va inson salomatligi fanining maqsadi
aholi orasida ekologik dunyoqarash, shaxsni ekologik
tarbiyalash orqali jamiyatda ekologik madaniyatni
shakllantirishdir
va
inson
salomatligini
mustaqkamlashdir. Tabiyat bu moddiy jismlar realliklar
majmuidan iborat bulib, ular jamiyat negizini tashkil
etadi va o‘rab turadi. Jamiyat-odamlar ishlab chikarish,
iqtisodiy-madaniy tashkilotlarning o‘zaro ta’sirlari
730
murakkab tizimlardan iborat.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’sirlari dastlab
odamning shakllanishi jarayonida kelib chiqdi. Ular
o‘rtasidagi
munosabat
dastlab
oddiy,
biologik
moddalarning aylanishidan iborat edi. Odamning
tabiatga qaramliligi juda yuqori darajada bo‘lib, unga
ta’sir etish juda sezilarsiz bo‘lgan. Keyinchalik markaziy
nerv sistemasining tez rivojlanishi natijasida odamning
mehnati
va
ish
faoliyati
murakkablashib
va
takomillashib bordi. U asta-sekin tashki muhitdan
to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘lanishlari ozod bo‘la boshladi. Shu
bilan birga tabiatga ta’siri kuchayib bordi.
Tabiatning odamga ta’siri.
Tabiat jamiyat
rivojlanishining doimiy sharoiti bo‘lgan va bunda keyin
ham shunday bo‘lib qoladi. Bunda jamiyatning ijtimoiy
iqtisodiy munosabatlari o‘zgarishi kuzatilgan, hamda
tabiatning roli ham o‘zgargan. Shuni ta’kidlash lozimki
jamiyatning
rivojlanishida
tabiiy
resurslar
o‘z
ahamiyatini saqlab qoldi. Tabiiy sharoit jamiyatning
rivojlanishi tezlashtirishi yoki sekinlashishi mumkin.
731
Ammo u xech qachon ijtimoiy munosabatlarni o‘zgarshi
uchun sabab bo‘laolmaydi. Ba’zi bir olimlarning fikriga
ko‘ra jamiyatning rivojlanishida geografik muhit muhim
rol o‘ynaydi deb qaraladi. Ishlab chiqarish kuchlari
rivojlanish bilan ishlab chiqarish munosabatlari
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ham mavjud.
Jamiyatning tabiatga ta’siri.
Odam o‘zining tarixiy
rivojlanishining daslabki davrlarida tabiatning mahsuli
sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik esa mehnat
faoliyati va ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi
bilan ya’ni ijtimoiy omillar ta’sirida u ongli mavjudotga
aylandi. U o‘z navbatida er yuzasida materiya
harakatining yangi ijtimoiy shakli vujudga kelganidan
dalolat berar edi. Insoniyat asta-sekin tabiatni
o‘zgartiruvchi eng kuchli omilga aylandi. Hamda uning
rivojlanishiga katta ta’sir etayapti. Tabiat bilan
jamiyatning o‘zaro ta’siri yuqorida aytib o‘tilgandek
dastlab biologik moddalar aylanishiga asoslangan bo‘lib,
keyinchalik tarixiy rivojlanish natijasida birinchi o‘ringa
ijtimoiy moddalarning aylanishi o‘tib oldi. Shunga
732
binoan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar
harakteri
ham
o‘zgardi.
Hozirgi
qarashlarga ko‘ra ijtimoiy yoki antropogen moddalar
aylanishi jamiyat hayotini ta’minlovchi murakkab
jarayon hisoblanib, u tabiatdan o‘zlashtiriladigan
moddalar va energiya xisobiga yashaydi. Faqat
to‘xtovsiz ravishda tabiat bilan o‘rtasida sodir
bo‘ladigan moddalar va energiya aylanishi hisobiga
yashashi mumkin. Antropogen moddalar aylanishi
sayyoramizdagi moddalar aylanishining bir qismi
hisoblanadi. Bunda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri
yotadi. Ushbu moddalar aylanishining bir tomoni
jamiyat hisoblandi. Antropogen moddalar aylanishining
xissasi sayyoramizda kundan-kunga ortib bormoqda.
Uni yirik shaharlarda, sanoat markazlarida kuzatish
mumkin. Bundan tashqari sayyoramizda moddalar
aylanishiga, yangi sintetik materiallar, zaharli kimyoviy
o‘g‘itlar qo‘shildi.
Inson o‘z xo‘jalik faoliyatida, sayyoraviy moddalar
aylanishidagi, mikdor va sifat jixatlari o‘zgarib bordi va
733
tezlashtirildi. Inson erdagi muhim geologik kuchga
aylandi. Jamiyat tomonidan tarixiy davrlarda moddalar
va energiyaning o‘zlashtirilishi har bir kishi boshiga
ortib boradi. Shuning asosida moddalar aylanishi
jaddaligi ortib boradi.
Natijada tabiatda mavjud bo‘lmagan xilma-xil
moddalar yaratildi, tabiatga keraksiz moddalar va
energiyalar ajralib chiqmokda. Hozirgi davrda ishlab
chiqarish chiqindilarining ortishi tufayli tabiatda katta
o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Natijada jamiyatning tabiatga
salbiy ta’siri xavfli tus oldi. Uning sababi atrof-
muhitning antropogen moddalar aylanishining ekologik
nuqtan nazarida nihoyatda takomillashmaganligidir. Bu
shundan iboratki, tabiiy resurslardan foydalanishning
foydali ish koeffitsenti juda past. Olingan ma’lumotlarga
ko‘ra o‘rtacha FIKi 5-10% tashkil edi. Qolgan 90-95%
inson tomonidan amalda isrof qilindi. Ko‘pincha ishlab
chiqarish chiqindilari parchalanmaydi va dastlabki
holatiga qaytmaydi. Aksincha, tabiiy ifloslanadi va
uning hayoti yomonlashadi. Natijada bugungi kunda
734
Ilmiy Texnik Taraqqiyot (ITT) insonni tabiatga global
darajada ta’sir etishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |